Tinchlik – eng oliy ne’mat”, “Islomda ekstremizm va terrorizmga o‘rin yo‘q” mavzularida davra suhbati o‘tkazildi
2019-yilning 4-fevral kuni Toshkent davlat sharqshunoslik instituti professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari o‘rtasida “Tinchlik – eng oliy ne’mat”, “Islomda ekstremizm va terrorizmga o‘rin yo‘q” mavzularida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatini Toshkent davlat sharqshunoslik instituti O‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektori A.Voxidov kirish so‘zini ochib, kun tartibidagi mavzular bilan yig‘ilish ishtirokchilarini tanishtirib o‘tdi.
Shundan so’ng so‘z navbati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita yetakchi mutaxassisi I.Ma’rupovga berildi. I.Ma’rupov tinchlikni saqlash masalasi, jahonda yuz berayotgan turli ekstremistik, terroristik va qo’ruvchilik harakatlarining insoniyatga zarari, islom dinida eksremizm va terrorimizga yo’l yo’qligi haqida ma’ruza qildi.
Qizg‘in davra suhbatidan so‘ng O‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektori A.Voxidov tadbir mehmonlariga chuqur minnatdorchilik bildirib, bu kabi davra suhbatlarini tez-tez o‘tkazish talabalarning ham dunyoviy hamda diniy bilimlarining oshishiga xizmat qilishini qayd etdi. Tadbir so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan tegishli javob oldilar.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: