• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHI va AICHI Prefekturasi universiteti o‘rtasida kelishuv memorandumi imzolandi

11.07.2019, 09:25 Yangiliklar 2233

Joriy yilning 8-9 iyul kunlari Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida bo‘lib o‘tgan “Globalizatsiya davrida yosh iqtidorlarni tarbiyalash va tadqiqotlarni rivojlantirishga ko‘maklashish mavzusidagi O‘zbekiston-Yaponiya tajriba almashinuvi” mavzusida III O‘zbekiston-Yaponiya rektorlari xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Anjumanga Yaponiyaning Ta’lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vazirligi, Nagoya, Tsukuba, Aichi, Mie, Vakayama, Kogakuen, Soka, Tokan, Kiat chet tillar universitetidan 45 nafardan ziyod delagatsiya tashrif buyurdi. Ushbu anjumanda Toshkent davlat sharqshunoslik institutining 6 nafardan iborat delagatsiyasi ham ishtirok etdi.
Mazkur anjumanni o‘tkazishdan maqsad ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlab, ilm-fan sohalarida ham hamkorliklarning ko‘lamini kengaytirish orqali o‘zaro tajriba almashish, qolaversa, jahon talablariga mos yetuk kadrlar yetishtirish borasida keng qamrovli kelishuvlarga erishishdan iborat.
Anjuman doirasida Toshkent davlat sharqshunoslik instituti va Yaponiyaning AICHI Prefekturasi universiteti o‘rtasida kelishuv memorandumi imzolandi.

1154 photo5274167003256564756

Memorandum 5 yil muddatga tuzilgan bo‘lib, unda ikki tomonlama tadqiqot loyihalari va faoliyati, bakalavriat va magistratura talabalarning o‘zaro alshinuvi, nashr etilayotgan ilmiy adabiyotlar almashinuvi bo‘yicha hamkorliklar o‘z aksini topgan.

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: