• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHI Turkiya OTMlari bilan hamkorlikni rivojlantiradi

14.01.2019, 14:55 Yangiliklar 2727

Bugungi kunda Toshkent davlat sharqshunoslik institutida xorijiy universitetlar, ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish hamda rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Hozirga qadar institut 60 dan ortiq xorijiy OTMlar bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatgan bo’lib, ularning sonini oshirish, xorijiy mamlakatlar oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik yo’nalishlarini kengaytirish ustuvor vazifalardan biri sanaladi.
2019-yilning 14-yanvar kuni Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rektori prof. A.Mannonov Turkiyaning O’zbekistondagi elchisining ta’lim masalalari bo’yicha maslahatchisi Ali Eyyupkoja, Kavkaz Universitetlari Assotsatsiyasi Prezidenti prof. Ramazan Korkmaz va Tümosan Azia MCHJ vakili Mithat Karadan iborat delegatsiyani qabul qildi.
Tashrifdan ko’zlangan maqsad TDSHI hamda Turkiyaning OTMlari hamkorligini rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdan iborat bo’lib, uchrashuv avvalida TDSHI rektori mehmonlarga mamlakatimizda sharqshunoslik ilmining rivoji, institutning o’quv va ilmiy faoliyati, Turkiy tillar kafedrasi haqida gapirib, institutda turk tili, adabiyoti, iqtisodiyoti, siyosati, tarixi va madaniyatini o’qitishilish haqida ma’lumotlar taqdim etdi.
“Aytish joizki, institutimizda o’qiyotgan va sharq mamlakatlarining tillarini o’rganayotgan talabalar nafaqat tilning o’zini, balki o’sha mamlakatning tarixi, adabiyoti, iqtisodiyoti, siyosati, madaniyatini ham o’rganishadi. Bu esa sharqshunoslar va mintaqashunoslar tayyorlashda juda muhimdir” deb ta’kidladi TDSHI rektori.
Hozirda TDSHIda 240 ga yaqin talaba turk tilini xorijiy til sifatida o’rganmoqda va ularning 150 dan ortig’i Sharq filologiyasi fakultetida taxsil olsa, qolgan qismi Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va siyosati, Tarix va falsafa fakultetida o’qiydi. Turkiy tillar kafedrasining ilmiy salohiyati yuqori bo’lib, kafedrada 19 fan nomzodi va PhDlar, 4 nafar fan doktori faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Hozirda TDSHI Turkiyaning bir qator universiteti bilan qo’shma kafedra ochish hamda hamkorlikni rivojlantirish borasida muzokalar olib borilmoqda.
Turkiya vakillari o’z o’rnida mamlakatimizda oliy ta’lim tizimini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholagan holda, O’zbekiston OTMlari bilan aloqalarni mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdi. Kavkaz Universitetelari Assotsatsiyasi Prezidenti R.Korkmas ushbu tashkilot faoliyati haqida ma’lumot berib, bugungi kunda ushbu assotsatsiyaga 14 mamlakatdan 160 dan ortiq OTMlar a’zo ekanligi hamda ularning soni va geografik maydoni kengayib borayotganini ta’kidladi. Prof. R.Korkmaz TDSHI rektoriga ushbu assotasatsiyaga a’zolikni va may oyida Toshkent shahrida o’tkaziladigan yirik anjumdanda ishtirok etish orqali Turkiya OTMlari vakillari bilan yaqindan tanishishni taklif etdi.
Turkiyaning O’zbekistondagi elchisining ta’lim masalalari bo’yicha maslahatchisi A.Eyyupkoja O’zbekiston OTMlari qatorida yaqin vaqtda TDSHIga turk tili bo’yicha professorning jo’natilishi haqida aytib, ikki mamlakatning ta’lim sohasidagi hamkorligini rivojlantirish dolzarb ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
Uchrashuv yakunida tomonlar muzokaralarni davom ettirish va may oyida uchrashuv tashkil etishga kelishib oldilar.
IMG_0606 IMG_0620
IMG_0642 IMG_0643

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: