• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHI Sharq filologiyasi fakulteti professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari o‘rtasida “O‘zbekiston – millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik yurti”mavzusida ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

27.09.2019, 17:54 Yangiliklar 2068

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi  tomonidan xamkor tashkilotlar ishtirokida tashkil etildi.Tadbirni ochar ekan institut Sharq filologiyasi fakulteti dekani Q.Omonov quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:  Xozirgi globallashuv davrida millatni diniy asosda ichdan bo‘lib tashlashni ko‘zlovchi ekstremistik harakatlar yangicha shaklu shamoyil kasb etib, dunyoning qator davlatlarida barqarorlik va demokratik taraqqiyotga tahdid solmoqda. Xususan, Yaqin Sharqda hamon, kichik bo‘lsada, ro‘y berayotgan qonli to‘qnashuvlar, uning oqibatida begunoh aholining jabr ko‘rayotgani va eng achinarlisi, ular orasida yosh bolalarning ham borligi oddiy kishini ham chuqur o‘ylashga majbur etadi, bu kabi voqealarni sodir bo‘lishiga millatlararo totuvlik va turli diniy qatlamlar orasidagi bag‘rikenglik qadriyatlarini zaifligi bilan izohlash mumkin. Mamlakatimizda esa bu masalaga jiddiy e’tibor qaratilgan, ayniqsa oxirgi uch yil davomida mazkur masala davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.

Ma’lumki, millalararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik mamlakatimizda qurilayotgan demokratik jamiyatning asosiy tamoyillaridan biri sanaladi.Millatlararo totuvlik jamiyatda tinchlik va barqarorlikning kafolati bo‘lib xizmat qilsa, diniy bag‘rikenglik esa turli xil diniy e’tiqodga ega bo‘lgan kishilarning bir zamin,bir Vatanda, oliyjanob g‘oya va niyatlar yo‘lida hamkor bo‘lib yashashini anglatadi va mamlakatimizda o‘tgan 28 yil mobaynida bu yo‘nalishlarda muayyan natijalarga erishildi.Eng asosiysi – bag‘rikenglikning muhim omillaridan biri bo‘lgan millatlararo va dinlararo totuvlik to‘la ta’minlandi.Ushbu ma’rifiy uchrashuvda O‘zbekiston Xalqaro Islom Akademiyasi katta o‘qituvchisi S.Saidjalolov,Toshkent shahar Mirobod tumani xokimi o‘rinbosari A.Musaev, tuman Bosh imom – xatibi O.Xolmurodov, tuman IIB, DXX. Mahalla va Xotin-qizlar bo‘limi mas’ullari ishtirok etdilar.

photo_2019-09-27_17-50-24 photo_2019-09-27_17-50-20 photo_2019-09-27_17-49-53 photo_2019-09-27_17-49-47 photo_2019-09-27_17-49-43

TDSHI Sharq filologiyasi fakulteti

Manaviyat va marifat bolimi

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: