“Talabalikka bag’ishlov” tadbiri bo’lib o’tdi
2018-yilning 3-oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga qabul qilingan birinchi kurs talabalari uchun an’anaviy “Talabalikka bag’ishlov” tadbiri bo’lib o’tdi. Tadbir O’zbek Milliy akademik drama teatrining katta zalida o’tkazildi. Tadbirni TDSHI rektori prof. A.Mannonov birinchi kurs talabalariga samimiy tabrigini izhor qilish bilan ochib berdi. So’ng institut rektori tomonidan kirish imtixonlarida eng yuqori ball to’plagan talabalarga talabalik guvohnomalari taqdim qilindi.
Tadbir davomida institutimizning iqtidorli talabalari, 2018-2019-o’quv yili uchun Islom Karimov davlat stipendiyasi sovrindori Abduraimov Qudratjon hamda Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori Solixova Maftunaga tabrik uchun so’z berildi. Ular 1-kursga kirgan talabalarga ramziy talabalik guvohnomasi hamda “bilimlar kaliti”ni tadqim etishdi.
1-kurs talabalari nomidan Dashanov Mirbek “Talabalik qasamyodini” qabul qildi.
Shu bilan birga tadbir ishtirokchilari O’zbekiston xalq artisti To’ti Yusupova hamda O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Mahmud Ismoilovdan tabrik so’zini qabul qilib oldilar.
Tadbir so’ngida birinchi kurs talabalariga muvaffaqiyatlar tilandi va ularga O’zbek Milliy akademik drama teatri ijodiy jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan “Ko’ngil” nomli teatri qo’yib berildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: