“Sen aziz va muqaddassan ayol” bayram tadbiri o’tkazildi
Bahor – yosharish va yangilanish falsi. Bahor o’zining go’zalligi, nafisligi va tarovati bilan dillarimizni doimo shod aylaydi. Shu bilan birga Bahorning o’zgacha ko’rki va tarovati ushbu faslda nishonlanadigan go’zal bayramlar bilan yanada oshadi.
“8-mart – Xalqaro xotin qizlar kuni” munosabati bilan 2019-yilning 5-mart kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutining Madaniyat saroyida “Sen aziz va muqaddassan ayol” bayram tadbiri o’tkazildi. Tadbirda institut rahbariyati, professor-o’qituvchilari, talabalari hamda o’zbek estradasining yorqin yulduzlari ishtirok etishdi.
Tadbirni tabrik so’zi bilan institutimiz rektori professor A.Mannonov ochib berdi. Rektorimiz o’z nuqtida institutda faoliyat yuritayotgan ayol professor-o‘qituvchilar hamda xodimlarni bayram bilan qutladi. Hozirgi kunda ayollarning jamiyatda tutgan o‘ni beqiyos ekanligini aytib o‘tilib, institutda uzoq yillardan buyon samarali mehnat qilib, talabalarga ta’lim-tarbiya berishda barchaga namuna bo‘lish bilan bir qatorda o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashuvchi bir qator fidokor ustoz-murabbiylar va xodimlarga rahbariyatning tashakkurnomalari hamda esdalik sovg’alari topshirildi.
So‘ng tadbirning badiiy qismi boshlanib, unda institut professor-o’qituvchilari hamda talabalari tomonidan go’zal kuy va qo’shiqlar, jozibador raqslar tadqim etildi. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist G’iyos Boytoyev va Nargiz tomonidan ijro etilgan go’zal qo’shiqlar tadbirga o’zgacha ko’rk bag’ishladi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: