O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori
Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) va kechki (smenali) ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Toshkent viloyatida sanoat ishlab chiqarish sohasi uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3153-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
- Quyidagilar:
Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1 -ilovaga muvofiq;
Oliy ta’lim muassasasida kechki (smenali) ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
- Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
- Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.ARIPOV
Toshkent sh.,
2017 yil 21 noyabr,
930-son
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: