Jahonning TOP 1000 taligiga kirgan xorijiy OTMlarda PhD ilmiy darajasiga ega bo’lgan o’qituvchilar ToshDSHIda
2019-2020 yangi o’quv yili boshidan boshlab ToshDSHI Xitoyshunoslik fakultetining “Xitoy tili va adabiyoti” kafedrasida Jahonning TOP 1000 taligiga kirgan Shanhay universisteti hamda Shanhay shahri “Xitoy Sharq Pedagogik universiteti”larida PhD ilmiy darajalariga ega bo’lgan o’qituvchilar faoliyat yurita boshladi.
Rasuleva Nigina Alisherovna Shanhay Universitetining adabiyot va san’at fanlari professori, Angliyaning Kembrij universiteti Sharq mamlakatlari fakulteti ma’ruzachisi, Xitoy zamonaviy adabiyoti yozuvchilar uyushmasi a’zosi, mahoratli yangi davr yozuvchisi Ge Hong Bing (葛红兵) rahbarligi ostida “Xitoy tarmoq adabiyotining rivojlanish jarayonini o‘rganish” (“中国网络文学发展研究”) mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, PhD (文学博士) ilmiy darajasini olgan.
Dana Kamilla Anvarovna 2014-2018 yillarda XXRning Shanhay shahri “Xitoy Sharq Pedagogik universiteti” doktarantura bosqichida tahsil olib, 2018 yilda “Hurmatga sazovor ayol” mavzusidagi dissertatsiyani muvaffaqiyatli tamomlab PhD ilmiy darajasini olgan.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: