• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

INSTITUT PROFESSOR-O`QITUCHILARINING NAVBATDAGI YIG`ILISHI

20.04.2017, 12:18 Yangiliklar 4702

TDSHIda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlar va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomini mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida”gi PQ-2881-son Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida institut professor-o‘qituvchilari va xodimlari ishtirokida ijro intizomi holati tanqidiy muhokama etildi.
Yig‘ilishni institut rektori A.Mannonov ochib, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi haqida ma’lumot berdi. Shundan so‘ng u institutda amalga oshirilayotgan ishlar haqida, professor-o‘qituvchilar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan ayrim kamchiliklar, ayniqsa, talabalar bilan olib borilayotgan tarbiyaviy ishlarda loqaydlikka yo‘l qo‘yilayotganligi, shuningdek, talabalarning davomati, dars mashg‘ulotlariga kechikib kelishlari hamon davom etayotganligi, ularning odob-axloq qoidalariga to‘liq amal qilmayotganliklari va bu ishlarda o‘qituvchilar tomonidan shaxsiy talabchanlik yetishmayotganligi haqida jiddiy tanqidiy fikrlarini bildirib, har bir professor-o‘qituvchining bevosita o‘z vazifalarini bajarishlarida yuzaki munosabatda bo‘lishlariga yo‘l qo‘ymaslik, ularning shaxsiy javobgarligini oshirishga fakultetlar rahbarlaridan qat’iy talabchanlik talab etilishini ta’kidlab o‘tdi.
Sohalar bo‘yicha muhokamalarda O‘quv ishlar bo‘yicha prorektor N.Abdullaev, Ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Sh.Aripov, Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor G.Rixsiyeva, Moliyaviy-iqtisodiy ishlar bo‘yicha prorektor Sh.Mirziyotov, institut Kasaba uyushmasi raisi Ch.Xusanov, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limidan J.Shabanov va o‘quv bo‘limi boo‘lig‘i S.Umarova so‘zga chiqdilar.
Tanqidiy ruhda o‘tgan mazkur yig‘ilish natijasiga ko‘ra institutning aniq chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

photo_2017-04-21_17-54-56

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: