Institutimiz lider ayollari safi kengayib bormoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida 2019-yilning 28-fevral kuni Mirobod tumani lider ayollari ishtirokida “Jamiyatda ayollar faolligini oshirish” va “Lider ayol qanday bo‘lishi kerak” mavzularida seminar-trening o‘tkazildi. Mazkur seminar-treningda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raisi Shirin Zaynutdinova va Koreyashunoslik fakulteti dekani, professor Shoira Usmanovalar qatnashishdi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: