• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi.

22.02.2018, 10:59 Yangiliklar 3601

Farmonda ta’kidlanishicha yurtimizda telekommunikatsiya infratuzilmasi yetarlicha rivojlanmagan, mamlakatning olis aholi punktlari telekommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlanmasdan qolmoqda, mobil aloqa va Internet tarmog‘ining sifati aholi ehtiyojlarini qondirmayapti.

Mazkur sohada boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Farmon bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining asosiy vazifalari va faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari belgilab berildi.

Farmon bilan 2018 yil 1 iyundan tadbirkorlik sub’ektlari tovarlar, ishlar (xizmatlar) eksport qilinganligi uchun eksport shartnomasi tuzmasdan va bank komissiyasi undirilmasdan, Internet tarmog‘idagi elektron savdo maydonchalari orqali (ayrim tovarlardan tashqari) tovarlar, ishlar (xizmatlar) eksportini amalga oshirish huquqiga ega ekanligi qayd etildi.

Tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan elektron tijoratdan foydalanish orqali sotiladigan tovarlar aylanmasi ularning hajmidan qat’i nazar, chakana savdo hisoblanadi.

Davlat organlari va boshqa byudjet tashkilotlarining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy qilish va rivojlantirishga mas’ul bo‘lgan xodimlariga beriladigan har oylik ustama miqdori xodim lavozim maoshidan 100 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.

Vazirlar Mahkamasiga 2018–2020 yillarga mo‘ljallangan hududlarda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish dasturlarini va ustuvor loyihalarning manzilli ro‘yxatini ishlab chiqsin va tasdiqlash vazifasi yuklatilmoqda.

Mazkur dasturda shu jumladan, telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish, aholining sifatli mobil aloqa, Internet tarmog‘idan keng doirada foydalanishini ta’minlash, sog‘liqni saqlash, ta’lim, kommunal xizmat ko‘rsatish, turizm sohasida zamonaviy axborot tizimlari, dasturiy mahsulotlar va ma’lumotlar bazalarini joriy qilish, shuningdek, “aqlli” va “xavfsiz” shaharlar hamda hududlarni tashkil qilish ham nazarda tutiladi.

Hujjatning to‘liq matni bilan www.lex.uz orqali tanishish mumkin.

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: