• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Adiblar xiyoboni” internet portali yaratiladi 

27.08.2020, 10:52 Yangiliklar 2112

“Atoqli adiblar va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini yoshlar o‘rtasida targ‘ib qilish hamda Adiblar xiyobonidan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Hukumat qarori (502-son, 24.08.2020 y.) qabul qilindi.

📝 Qaror bilan Toshkent shahridagi Adiblar xiyobonidan samarali foydalanish va ta’lim muassasalarida adiblar ijodini o‘rganish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

🌐 Unda, jumladan, oliy ta’lim muassasasi rektori tomonidan beriladigan muayyan adiblar nomidagi ko‘krak nishoni va maxsus stipendiyani joriy qilish, o‘zbek, ingliz va rus tillaridagi “Adiblar xiyoboni” internet portalini yaratish kabi tadbirlar nazarda tutilgan.

🧾 Qaror bilan Adiblar xiyobonida haykallari o‘rnatilgan atoqli yozuvchi va shoirlarning hayoti va ijodini chuqur o‘rganish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari biriktirish ro‘yxati tasdiqlandi.

🔰 Ro‘yxatdagi OTMda 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab:

👉  ilmiy-adabiy maslahatchi lavozimi joriy etiladi;

👉 OTMda ularga biriktirilgan atoqli adiblar nomidagi maxsus stipendiyalar va ko‘krak nishonlari joriy qilinadi.

👉 2021-yil 1-yanvardan boshlab Adiblar xiyoboni hamda Toshkent tarixi muzeyi turistik yo‘nalishlarga kiritiladi.

➡️ Shuningdek, Madaniyat vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tizimidagi ta’lim muassasalarida 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab mamlakatimizdagi mavjud muzeylarning yo‘nalishlarini hisobga olgan holda gidlar (gid-tarjimonlar) tayyorlash tashkil etiladi.

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: