• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti

06.12.2019, 15:53 Video materiallar 1615

INSTITUT TARIXI

1918 yil noyabr oyida Toshkentda Turkiston Sharqshunoslik instituti tashkil etildi. Bu institut o‘rta Osiyoda yagona ilk sharqshunoslik oliy o‘quv yurti bo‘lib, qo‘shni mamlakatlar uchun ham sharqshunoslik fanining turli sohalari bo‘yicha malakali mutaxassislar yetishtirib bera boshladi.

Mazkur bilim dargohida Turkiston va unga qo‘shni bo‘lgan xorijiy sharq mamlakatlarining tarixi, etnografiyasi, geografiyasi, o‘lkashunosligi, islom tarixi va musulmon qonunshunosligi kabi fanlar, sharq xalqlarining tillari va adabiyotlari o‘rgatilgan. O‘sha yili 1-kursga 234 ta talaba qabul qilingan edi. Institutda sharq tillaridan arab, fors, xitoy, pushtu, urdu, turk va mahalliy tillardan o‘zbek, tojik, qirg‘iz, turkman, tatar hamda siropa tillaridan ingliz, nemis va fransuz tillarini o‘qitish yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, Afg‘oniston, Hindiston, Eron, Sharqiy va Qarbiy Turkiston, Buxoro geografiyasi; o‘zbek, qirg‘iz, fors, tojik, qozoq, afg‘on, qoraqalpoq xalqlari etnografiyasi; O‘rta Osiyo, Eron, Afg‘oniston, Hindiston va qadimgi dunyo tarixi, islom tarixi, shariat qonunlari kabi fanlar o‘qitilgan.

3-kursdan boshlab talabalar ixtisoslikka bo‘linib o‘qitilgan. Ta’lim quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha taqsimlangan: turkiy tillar, eron filologiyasi, arabshunoslik va islomshunoslik. Shu bilan birga, mahalliy maktablar uchun ona tili va tarix o‘qituvchilari ham tayyorlangan.
Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, 1922-1923 o‘quv yilida Turkiston Sharqshunoslik institutida 210 nafar talaba o‘qigan. Bundan 16 foizigina mahalliy xalq farzandlari bo‘lgan. Institutda 5 nafar professor, 21 nafar o‘qituvchi va bir necha lektor va praktikantlar ta’lim va tarbiya ishlarini olib borgan.1922-yilga kelib, institut kutubxonasida 5300 jild kitob va 200 dan ortiq qo‘lyozma asarlar mavjud edi. Turkiston Sharqshunoslik instituti 1924-yilda alohida fakultet sifatida O‘rta Osiyo davlat universitetiga qo‘shib yuborildi. Uning birinchi dekani etib A.E.Shmidt tayinlandi.

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: