O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri hamda Oliy ta’lim muassasalari rektorlarining O‘zbekiston xalqiga murojaati
Joriy yilning 17-iyul kuni “Turkiston” san’at saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurash tizimini yanada takomillashtirish” to‘g‘risidagi Farmoniga muvofiq “korrupsiyasiz ta’lim” loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri hamda Oliy ta’lim muassasalari rektorlarining O‘zbekiston xalqiga murojaati bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rahbariyati va jamoasi ham ishtirok etdi. Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vaziri I. Majidov anjuman ishtirokchilarini ushbu murojaat mazmuni bilan tanishtirdi. Murojaatda oliy ta’lim tizimida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan yettita islohot aks etgan. Vazir barcha OTM rektorlari va jamoasini mazkur islohotlarni amalgam oshirishda jonbozlik ko‘rsatishlarini so‘radi.
Shuningdek, anjumanda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori B. Xodiyev, Davlat test markazi M. Karimov, O‘zbekiston Milliy universiteti rektori A. Marahimov, Oliy attestatsiya komissiyasi raisi A. Yusupov va boshqalar ushbu murojaat yuzasidan nutq so‘zladi.
Oliy ta’lim sohasi vakillarining
O‘zbekiston xalqiga
MUROJAATI
Bundan bir asr muqaddam ona yurtimiz Turkiston o‘lkasi taqdiri ziyolilarimizning hayot-mamot masalasiga aylangan paytda buyuk ma’rifatparvar olim Abdurauf Fitrat “Har bir mamlakatning tolesi va taraqqiyoti yoshlarga qanday ta’lim va tarbiya berilishiga har tomonlama bog‘liqdir”, degan ezgu shiorni o‘rtaga tashlagan edi.
O‘tgan og‘ir va mashaqqatli yillar buyuk kelajakni har tomonlama yetuk va yuksak malakaga ega mutaxassis kadrlar tayyorlamasdan qurish mumkin emasligini tasdiqladi.
Shu bois, mamlakatimizda sog‘lom va har qanday illatlardan xoli bo‘lgan ta’lim-tarbiya muhitini shakllantirish bugun har birimizning muhim va ustuvor vazifamiz bo‘lmog‘i lozim.
Bu yo‘lda to‘siq bo‘layotgan muammolarni barataraf etish, ta’lim tizimi sofligi va shaffofligini ta’minlash, ayniqsa, uning obro‘siga putur yetkazayotgan korrupsiyani bartaraf etish kechiktirib bo‘lmaydigan vazifamiz hisoblanadi.
Batafsil: http://edu.uz/uz/news/view/1491
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: