“FAOL INVESTISIYALAR VA IJTIMOIY RIVOJLANISH YILI”GA BAG‘ISHLAB SHOISLOM SHOMUHAMEDOV NOMIDAGI YOSH SHARQSHUNOSLARNING III FORUMI
2019-yil 25-aprelda Toshkent davlat sharqshunoslik institutida “FAOL INVESTISIYALAR VA IJTIMOIY RIVOJLANISH YILI”GA BAG‘ISHLAB SHOISLOM SHOMUHAMEDOV NOMIDAGI YOSH SHARQSHUNOSLARNING III FORUMI bo‘lib o‘tdi. Mazkur forumni TDSHI rektori f.f.d., prof., A.M.Mannonov Kirish so‘zi bilan ochib berdilar. Shuningdek, fil.f.d.,prof M.Imomnazarov, fil.f.n., T.Xodjayevalar so‘zga chiqib, o‘zbek sharqshunosligi rivojiga o‘zining katta hissasini qo‘shgan, sharqshunos kadrlar yetishtirishni o‘zining eng muhim vazifasi deb bilgan taniqli sharqshunos olim, xalqaro Firdavsiy mukofoti sovrindori, filologiya fanlari doktori, professor Shoislom Shomuhamedov haqida o‘z xotiralarini so‘zladilar. Sharq filologiyasi fakulteti 3-kurs, dariy-ingliz guruhi talabalari B.Medesheva, M.Qulmirzayeva Firdavsiyning “Shohnoma” asaridan fors va o‘zbek tillarida parchalar, Sharq filologiyasi fakulteti 3-kurs fors-ingliz guruhi talabalari A.Shermatov, I.Abdurashidov Sh.Shomuhamedov ruboiylaridan namunalar, Sharq filologiyasi fakulteti 3-kurs fors-ingliz guruhi talabalari Ubaydullayeva, F.Tadjixo‘jayeva Sh.Shomuhamedovning Umar Xayyom ruboiylari tarjimalaridan namunalar aytishdi. Forumda institut bag‘rida tahsil olayotgan, o‘z ustozlari izidan borib ilm olamida kichik bo‘lsa ham bir yangilik yaratishga qo‘l urgan iqtidorli yoshlar fors, pashto‘, dari, koreys va xitoy tilshunosligi, arab, o‘zbek, turk, koreys va xitoy adabiyotshunosligi va manbashunosligi, Amir Timur, Ummaviylar va Abbosiylar davri falsafasi va madaniyati hamda Buxorolik olimlar faoliyati bilan bog‘liq tarixiy ma’lumotlar, Koreya, Xitoy, BMT, Afg‘oniston, Hindiston, Arab mamlakatlarining tashqi siyosati hamda sharq mamlakatlarida investisiya, soliq, yengil sanoat muammolari doirasidagi qiziqarli ilmiy maqolalari bilan ishtirok etdilar.
Forum so‘nggida barcha ishtirokchilar tegishli sertifikat bilan taqdirlandilar.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: