• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Tourism challenge (Turizm chorlovi) tanlovi

13.02.2019, 18:11 Tanlov 2848

Tourism challenge (Turizm chorlovi) tanlovi – bu

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3514-sonli qarori ijrosini ta’minlash, ichki turizmni yanada rivojlantirish, yoshlarni mamlakatimizning turizm maskanlari (madaniy-tarixiy merosi) bilan tanishtirish maqsadida e’lon qilingan tanlovdir.

Tanlov quyidagi bosqichlarda o‘tkaziladi:

  • Tanlovning maxsus veb saytida ro‘yxatdan o‘tish;
  • Ta’lim muassasalari tomonidan O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlar tashkil etish va tegishli hududlarga maxsus atributlarni o‘rnatish;
  • Sayohatlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng targ‘ib qilish;

Tanlov g‘oliblari quyidagi mezonlar asosida aniqlanadi:

  • sayohatlarni tashkil etish davri (turizm mavsumi past davrlarga;
  • yanvar, fevral, mart ustunlik beriladi);
  • sayohatlarning umumiy masofasi;
  • sayohatlar marshrutlarining yangiligi va o‘ziga hosligi (kreativligi);
  • sayohatlarning davomiyligi (ketma-ketligi);
  • sayohatlar soni;
  • sayohatchilar soni;
  • sayohatlarning OAVda yoritilganligi (soni va OAV turi);
  • sayohatlarning ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqatilishi (qancha foydalanuvchi ko‘rganligi);
  • sayohat davrida olingan foto surat va video materiallarning sifati.

Tanlov g‘oliblari uchta toifaga bo‘lgan holda (maktab, kasb-hunar, oliy ta’lim muassasalari) taqdirlanadi:

1-o‘rinlar: Qo‘shni ikkita davlatga 7 kunlik sayohat uchun 6 kishilik (sayohatlarni tashkil etishda eng faol qatnashgan va keng yoritgan ishtirokchilar) yo‘llanma va kitoblar jamlanmasi (100 dona);

2-o‘rinlar: Qo‘shni bitta davlatga 5 kunlik sayohat uchun 6 kishilik (sayohatlarni tashkil etishda eng faol qatnashgan va keng yoritgan ishtirokchilar) yo‘llanma va kitoblar jamlanmasi (50 dona);

3-o‘rinlar: O‘zbekistonning 3 ta shahriga 5 kunlik sayohat uchun 6 kishilik yo‘llanma va kitoblar jamlanmasi (50 dona). Tanlovning o‘tkazilish muddatlari:

Tanlovning o‘tkazilish muddatlari:

Tanlov 2018 yilning dekabr oyida e’lon qilinadi hamda 2019 yilning aprel oyiga qadar o‘tkaziladi. Tanlov g‘oliblari 2018-2019 o‘quv yilining so‘ngida aniqlanadi hamda 2019 yil may oyining so‘ngida taqdirlanadi.

Batafsil ma’lumotlarni http://tourchallenge.uz/ saytidan olishingiz mumkin.

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: