Tayanch doktorantlar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyalari sohiblari aniqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktyabrdagi 226-son Qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’at Kengashining qarori bilan 2019-yil uchun tayanch doktorantlar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyalari sohiblari aniqlandi.
Qishloq va suv xo‘jaligi yo‘nalishi bo‘yicha
Reymov Mamanbek Polatovich – Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti tayanch doktoranti;
Energetika, resurslar, sanoat yo‘nalishi bo‘yicha
Boboyev Akmaljon Xatamovich – Toshkent kimyo-texnologiya instituti tayanch doktoranti;
Tabiiy fanlar, axborot texnologiyalari va boshqaruv yo‘nalishi yo‘nalishi bo‘yicha
Karimov Jasurbek Alisherovich – V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti tayanch doktoranti.
Manba: O’zbekiston Respulikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: