TDSHI vakillari adabiy kechada ishtirok etishdi
2018-yilning 11-dekabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutining bir qator talabalari hamda professor-o’qituvchilari O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan fan arbobi, professor, filologiya fanlari doktori G’aybulla Salomovning ilmiy ijodiga bag’ishlangan “Tafakkur, til va tarjima” deb nomlangan adabiy kechasida ishtirok etishdi.
O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda f.f.d., prof. Muhammadjon Xolbekov, f.f.d., prof. Boqieva Gulandom, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan jurnalist Saydi Umarov, sots.f.d., prof. Abdusalom Umarov, TDSHI Tarjimashunoslik kafedrasi mudiri Xayrulla Hamidov, jurnalist Nodir Jonuzoq hamda fan va jamoatlik vakillari so’zga chiqib, G’aybulla as-Salomning ilmiy va ijodiy faoliyatining turli jabhalari haqida ma’ruza qildilar. Xususan, G’aybulla as-Salomning “Maqol, matal va idiomlar tarjimasi”, “Badiiy tarjimaning leksik-frazeologik masalalari”, “Rus tilidan o‘zbek tiliga maqol-matallar tarjimasi” risolalari, “Til va tarjima”,“Tarjimon mahorati”, “Do‘stlik ko‘priklari”(hammualliflikda), “Badiiy tarjima va adabiy tahrir problemalari”, “Tarjima tashvishlari”, “Adabiy an’ana va badiiy tarjima problemalari”, “Tarjima nazariyasiga kirish”, “Tarjima nazariyasi asoslari” nomli monografiya va darsliklarining o’zbek adabiyotshunosligi ilmiy rivojidagi o’rni haqida so’z yuritildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: