• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

«O‘zbekiston – Xitoy: tarixiy-madaniy, ilmiy va iqtisodiy aloqalar rivoji»

17.11.2018, 22:15 Yangiliklar 4568

Xitoy Xalq Respublikasi O‘zbekistonning asosiy savdo-iqtisodiy hamkorlaridan biri bo‘lib, ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy aloqalar ildizlari qadim o‘tmishga borib taqaladi. Bugungi kunda ham ikki mamlakat o‘rtasida yuksak ishonch va mustahkam do‘stlik munosabatlari asosida har tomonlama manfaatli hamkorlik aloqalari rivojlanib kelmoqda. Mamlakatlar o‘rtasidagi ikki tomonalama, shuningdek Shanxay Hamkorlik Tashkiloti, “Bir makon – bir yo‘l” dasturi doirasidagi hamkorlik ko‘lami kengayib, sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.

photo_2018-11-17_21-49-01

2018-yilning 17-noyabr kuni Wyndham Tashkent mehmonxonasining “Ipak yo‘li” zalida Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Xitoyshunoslik fakulteti va institut qoshidagi Konfutsiy nomidagi o‘zbek-xitoy instituti hamkorligida «O‘zbekiston – Xitoy: tarixiy-madaniy, ilmiy va iqtisodiy aloqalar rivoji» mavzuidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Xitoyshunoslikning dolzarb masalalariga bag‘ishlab an’anaviy tarzda 15-marotaba tashkil etilayotgan mazkur konferensiyada Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi maslahatchisi Chjan Venchuan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi boshqarma boshlig‘i B.Ismoilov, Rossiya Federatsiyasining Qozon federal Universiteti vakillari, xalqaro tashkilotlar, turli vazirlik va idoralar vakillari, soha mutaxassislari, Konfutsiy nomidagi o‘zbek-xitoy instituti xodimlari, TDSHI rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda taqdiqotchilar, yosh xitoyshunos talabalar ishtirok etishdi.

photo_2018-11-17_21-49-12photo_2018-11-17_21-54-49photo_2018-11-17_21-49-07

Konferensiyani Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rektori, professor A.Mannonov ochib berib, zamonaviy bosqichda O‘zbekiston va Xitoy munosabatlarining o‘ziga xos xususiyatlari, mamlakatimizda xitoyshunoslik ilmining rivoji, xitoy tilini o‘rgatish va o‘rganish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, TDSHI Xitoyshunoslik fakulteti faoliyati haqida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, Xitoyning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalalari dolzarbligini ta’kidladi. Institut rektorining bu taklifi Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi maslahatchisi Chjan Venchuan janoblari tomonidan ham ma’qullanib, janob Chjan mazkur yo‘nalishdagi hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash kun tartibida turganini aytib o‘tdi. Plenar sessiyada, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi boshqarma boshlig‘i B.Ismoilov ham nutq so‘zlab, o‘z nutqida bugungi kunda xitoy tilini o‘rganish yoshlar orasida ommalashayotganini ta’kidlab, mamlakatimizdagi 7 ta OTMda xitoy tili xorijiy til sifatida o‘qitilayotgani haqida ma’lumotlar berdi.

photo_2018-11-17_21-48-10photo_2018-11-17_21-48-20

Xalqaro konferensiyada Xitoyshunoslikning dolzarb masalalari muhokama qilinib, ishtirokchilar ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy-gumanitar, madaniy aloqalarning bugungi holati, tarixi va istiqbollarini muhokama  qilishdi va hamkorlikning yangi, istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan o‘zaro fikr almashinildi.

Plenar sessiyadan so‘ng konferensiya o‘z ishini sho‘balarda davom ettirdi. Konferensiya yakuniga ko‘ra O‘zbekiston va Xitoy munosabatlarini yanada mustahkamlash, O‘zbekistonda xitoyshunoslik ilmini rivojlantirish va bu yo‘nalishda malakali mutaxassislar tayyorlash masalalariga oid amaliy taklif va xulosalar ishlab chiqildi.

photo_2018-11-17_21-48-54

photo_2018-11-17_21-48-15

Malumot o‘rnida aytish lozimki, TDSHIda Xitoyshunoslik fakulteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 3-sentabrdagi PQ-2228 sonli “Toshkent davlat sharqshunoslik institutida Xitoyshunoslik fakultetini ochish to‘g‘risida”gi Qarori asosida tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda ushbu fakultet talabalari xitoy tili, adabiyoti, tarixi, falsafasi, madaniyati, iqtisodiyoti va siyosati yo‘nalishlarida tahsil olib kelishmoqda. O‘zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida imzolangan shartnoma asosida institut qoshida tashkil etilgan Konfutsiy nomidagi o‘zbek-xitoy institutining asosiy vazifalariga O‘zbekiston aholisiga, jumladan, o‘quvchi va talabalarga xitoy tilini o‘rgatish, xitoy tilidan dars beruvchi professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirishga amaliy yordam ko‘rsatish, xitoy tilidan yangi darslik va o‘quv qo‘llanmalarini yaratish, xitoy tili, adabiyoti, tarixi, madaniyati bo‘yicha seminarlar va konferensiyalar tashkil etish kabilar kiradi.

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: