• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Shayhontohur tumanidagi 39-sonli maktabda “Kitob ezgu hislatlarni tarbiyalaydi”

06.10.2018, 18:28 Yangiliklar 3248

Joriy yilning 25-sentabr va 4-oktabr kunlari Toshkent shahar Shayhontohur tumanidagi 39-sonli maktabda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish maqsadida Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rahbariyati va professor-o‘qituvchilari ishtirokida “Kitob ezgu hislatlarni tarbiyalaydi” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda TDSHI rektori, professor A.Mannonov, professor B.To‘xliyev, professor M.M.Is’hoqov, dotsentlar J.K.Shabanov, Sh.I.Aripov, Tarix va falsafa fakulteti dekani v.b. Z.M.Qodirov, 39-maktab rahbariyati, o‘qituvchilar va o‘quvchilar ishtirok etishdi.

Tadbirda TDSHI rektori A.Mannonov so‘zga chiqib, ma’naviy komillikka erishish uchun nimalarga e’tibor berish lozimligi, buyuk allomalarimizning boy me’rosi va ularni yoshlar tarbiyasida tutgan o‘rni, kitobxonlik, sharqshunoslik instituti faoliyati, sharqshunos kadrlar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘zlab berdi.

Pofessorlar M.Is’hoqov, B.To‘xliyev, dotsentlar J.K.Shabanov, Sh.Aripovlar so‘zga chiqib, bugungi kundagi mustaqil O‘zbekistonimizning go‘zal manzarasi Yoshlarga yaratilayotgan qulayliklar, shart-sharoitlar yangiliklar to‘g‘risida ma’lumot berish bilan birga, xalqimizning sharqona madaniyati, go‘zal xulqi, odob kabi ijobiy xislatlari, ulug‘ ajdodlarimiz Sohibqiron Amir Temur, Abu Ali Ibn Sino, Al-Xorazmiy, Al-Beruniy, Alisher Navoiy, At-Termiziy kabi bobokalonlarimiz qoldirib ketgan meroslarni puxta o‘rganish, kitob mutolaasining insonni ma’naviy yetuklikka erishishidagi o‘rni, xorijiy (sharq va g‘arb) tillarni puxta o‘rganish, tarjima san’ati va boshqalar haqida so‘zlab berishdi.

Tadbir so‘ngida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi. Shu bilan birga institut professor-o‘qituvchilari tomonidan nashr qilingan bir qator kitob va jurnallar maktab kutubxonasiga sovg‘a qilindi.

0000000 00000000

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: