• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Malayziyaning Sultan Idris universiteti bilan qo’shma diplomli ta’lim joriy etiladi

19.09.2018, 19:42 Yangiliklar 3208

2018-yilning 19-sentabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga Malayziyaning Sultan Idris Universiteti rektori, professor Muhammad Shatar Sabran boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlarni institut rektori, professor Abdurahim Mannonov tomonidan kutib olindi.

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rektori professor A.Mannonov Sultan Idris universiteti vakillariga institutda ta’lim jarayoni, xususan Sharq filologiyasi fakultetida malay tilini o’qitish, Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va siyosati fakultetida esa Malayziya iqtisodiyoti bo’yicha iqtisodchi mutaxassislar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi. Rektor A.Mannonov “Institutimiz mamlakatimizda malay tilidan va Malayziya iqtisodiyoti bo’yicha mutaxassislar tayyorlovchi yagona oliy ta’lim muassasasi sanaladi. Bugungi kunda institutda malay tili yo‘nalishida 30 dan ortiq talaba tahsil olmoqda. Hozirda Respublikamizning ko’pgina universitet va institutlarida malay tili 2 til sifatida o’rgatilsada, bizda malay tili asosiy til sifatida o’rgatilib kelinmoqda. Mana bir necha yillardan beri O’zbekiston va Malayziyaning hamkorligi yo’lida yuqori malakali sharqshunoslarni tayyorlamoqdamiz. Shu o’rinda sizning universitetingiz bilan hamkorlikni rivojlantirish, o’zaro almashinuv dasturlari, ilmiy-tadqiqot loyihalari, qo’shma konferensiya va tadbirlarni o’tkazish ikki universitet va shu bilan ikki mamlakatning o’zaro hamkorligini yanada rivojlanishiga hissa qo’shadi degan umiddamiz”, – deya qayd etib o’tdi.

Sultan Idris universiteti rektori professor Muhammad Shatar Sabran Sharqshunoslik instituti rektoriga uchrashuv va malay tilini o’qitish borasida qilinayotgan ishlar uchun katta minnatdorchilik bildirdi. “Bizning institutimiz Malayziyadagi 70 foiz o’qituvchilarni yektazib beruvchi katta dargoh sanaladi. Universitetimizning ta’lim yo’nalishlari juda keng. Biz uchun ham hamkorlikni rivojlantirish muhim sanalib, Toshkent davlat sharqshunoslik institutini bilan hamkorlik doirasini kengaytirishni xohlaymiz. Yanvar oyida institutingizga malay tilini o’qitish uchun professor jo’natishni rejalashtirganmiz”- deya ta’kidladi.

Uchrashuv davomida malay tili yo’nalishida dars berayotgan o’qituvchilarni Sultan Idris universitetiga qisqa va o’rta muddatli malaka oshirish kurslariga jo’natishga, eng asosiysi esa, bakalavr bosqichida 2+2 yoki 3+1 tizimi asosida, magistratura bosqchida 1+1 tizimi asosida qo’shma diplomli mutaxassislar tayyorlashga kelishib olindi. Shuningdek, Sultan Idris universitetida Malayziya iqtisodiyoti bo’yicha 15 yaqin O’zbekistonlik o’qituvchi-mutaxassislar uchun 6 oylik maxsus kurslarni tashkillashtirish belgilandi. Bu boradagi hamkorlikning tashkiliy, huquqiy masalalarini hal qilish va 2019-yildan boshlab almashinuv dasturlarini yo’lga qo’yishga kelishildi.

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: