PhD ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyalar himoyalari
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc 27.06.2017.fil.21.01 raqamli Ilmiy kengashning yig’ilishlari bo’lib o’tdi.
2017-yilning 21-22 iyul kunlari quyidagi filologiya bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyalarning himoyalari muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
1. Yuldashev A.G. “Idiomatik qo‘shma so‘zlarning lingvokognitiv aspekti” (ingliz va o‘zbek tillari misolida). 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha. (Avtoreferat)
2. Imamova X.K. “Turk tilida hurmat kategoriyasi”. 10.00.05 – Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha. (Avtoreferat)
3. Qodirbekova D.H. “Inglizcha-o‘zbekcha axborot-kommunikatsiya texnologiyalari terminologisi va uning leksikografik xususiyatlari”. 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha. (Avtoreferat)
4. Mustafayeva S.T. “Xitoy tilshunoslik terminologiyasi”. 10.00.05 – Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha. (Avtoreferat)
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: