O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni keng jamoatchilik nigohida
Toshkent davlat sharqshunoslik institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni mazmun-mohiyati keng o‘rganilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 20-may kuni bo‘lib o‘tgan video-seminar qarorida ham ushbu hujjat targ‘ibotini professor-o‘qituvchi va talaba-yoshlar orasida yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha vazifalar yuklatilgan edi. Shu munosabat bilan kecha bo‘lib o‘tgan institut Ilmiy Kengashida mazkur Farmonning professor-o‘qituvchi va talaba-yoshlarga tushuntirish ishlari qay darajada olib borilayotganligi haqida mas’ullarning hisobatlari tinglandi. Ilmiy Kengash ushbu masala yuzasidan mas’ullarga targ‘ibot ishlarini jadal davom ettirish, bu Farmon bo‘yicha talabalar bilan savol-javoblar qilish uchun o‘zbek va rus tillarida savollarni tuzish, har bir kafedrada davra suhbatlari, seminarlar o‘tkazish kabi topshiriqlarni berdi va o‘z qaroriga kiritdi.
Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: