Qahramonlik, burch va fidoiylik
ToshDShI talabalar turar joyida Ikkinchi jahon urushi front orti mehnat faxriysi Anna Ivanovna Svinkina bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Vatanimiz tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan, g‘alaba uchun tunu kun mehnat qilgan insonlar hamisha xalqimiz ardog‘ida bo‘lib kelganlar. Mana shunday insonlardan biri frontorti mehnat faxriysi A.I.Svinkina bo‘ladi. Anna Ivanovna talaba-yoshlarga urushning daxshatli talofati, ota-onasiz qolgan bolalarning ahvoli haqida so‘zlab berar ekan, o‘zining O‘zekistonga ko‘chirib kelinganligi, o‘zbek xalqining bolajonligi, mehribonligi sharofati bilan yetim bo`lib qolgan bolalarni o‘z bolalaridek kutib olganliklari, bir burda nonini birga baham ko‘rganligi va o‘zbek xalqidan bir umrga minnatdor ekanligi, O‘zbekiston uning Ona Vatani ekanligini faxr bilan to‘lqinlanib gapirib berdi.
Uchrashuv oxirida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga to‘liq javob oldilar hamda o‘zlari tayyorlagan she’r va qo‘shiqlarni taqdim etdilar.
Ma’naviyat va ma’rifat bo`limi
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: