“Ogahiyning tarjimonlik faoliyati” nomli ilmiy risola chop etildi
Kuni kecha Tarjimashunoslik va xalqaro jurnalistika kafedrasi dosenti, taniqli tarjimashunos Xayrulla Hamidovning “Ogahiyning tarjimonlik faoliyati (Jumaniyoz Sharipov tadqiqotlari asosida)” nomli ilmiy risolasi dunyo yuzini ko‘rdi.
Yirik tarjimashunos Jumaniyoz Sharipovning “O‘zbekistonda tarjima tarixidan (1965)” va “Badiiy tarjimalar va mohir tarjimonlar (1972)” nomli tadqiqotlari asosida qayta ishlangan materiallarni o‘z ichiga olgan risolada hazrat Ogahiyning tarjimonlik faoliyati haqida batafsil ma’lumot beriladi.
O‘zbekistonda tarjima tarixining asosiy masalalari, jumladan, Ogahiyning tarjimonlik faoliyati tahlil etilgan risola bilan tanishgan kitobxon o‘zbek tarjimachiligida Ogahiy ijodi nihoyatda muhim o‘rin tutganligiga yana bir bor amin bo‘ladi.
Kitob TDShU Xalqaro Ogahiyshunoslar kengashi grifi ostida chop etilgan.
Risola OTMlarining tarjimashunoslik yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar, magistrantlar va ushbu sohada ish olib borayotgan izlanuvchilar uchun foydali bo‘ladi, deb o‘ylaymiz
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: