Sharqshunos professor bilan uchrashuv
Bugun institutimizga AQSH dagi Kolumbiya universiteti professori ‘’Do’stlik“ ordeni sohibasi Aziza Shonazarova tashrif buyurdi.
Aziza Shonazarova 2007 yilda aynan Toshkent davlat sharqshunoslik institutining Sharq falsafasi yo‘nalishini tamomlagan.
Uchrashuvda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o’rinbosari U.Begimqulov, institut rahbariyati, professor o’qituvchilar, ilmiy xodimlar, talaba-yoshlar hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.
Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda Aziza Shonazarovaning ustozlari, yaqinlari, kursdoshlari so‘zga chiqib Azizaning institutdagi talabalik davri, ilmga qo‘ygan ilk qadami haqidagi xotiralarni esga olishdi. Bugungi kunda yoshlarning ilm-fanga mehrini oshirish , ularni yuqori marralarni egallashida vatandoshimizning ilm yo‘lidagi bunday muvaffaqiyati albatta o’rnak bo’lishi kerakligi ta’kidlandi.
Uchrashuv davomida Aziza Shonazarovaga Toshkent davlat sharqshunoslik institutining “Faxriy professori” guvohnomasi institut rektori G.Rixsiyeva tomonidan tantanali ravishda topshirildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: