• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Filologiya ixtisoslik fanlari bo‘yicha malakaviy imtihon

10.06.2016, 12:38 Toshkent shahri E'lonlar 4579

2016-yil 28-may kuni Filologiya ixtisoslik fanlari bo‘yicha malakaviy imtihonlari bo‘lib o‘tadi.

Filologiya fani tarmog‘i yo‘nalishida doktorlik dissertatsiyalarini  himoyaga tayyorlayotgan tadqiqotchilardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasi (OAK) Rayosatining Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 17-fevraldagi №2764 ro‘yxat raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan 2016-yil 28-yanvardagi 220/2-son qarori bilan tasdiqlangan Malakaviy imtihonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq ixtisoslik fanlari bo‘yicha 2016-yil 28-may kuni malakaviy imtihon o‘tkazishni tashkil etish maqsadida TDShI rektorining 2016-yil 19-may sanasida №05-06 raqamli buyrug‘i chiqarildi. Unga ko‘ra ixtisoslik shifrlariga mos ravishda mutaxassislik fanlaridan quyidagi talabgorlardan imtihonlar qabul qilinadi:

10.00.06 – “Qiyosiy-adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va  tarjimashunoslik” ixtisosligi bo‘yicha malakaviy imtihon 2016-yil 28-mayda soat 9:00 da 201-xonada (Asosiy binoda Toshkent shahri Mirobod tumani Shahrisabz – 25-uy):

  1. Kasimova Ra’no Raxmatulloyevna – Buxoro davlat universiteti 3- bosqich KIXIsi;
  2. Jafarov Botir Sattarovich – Namangan davlat universiteti 2- bosqich KIXIsi;
  3. Babakulov Ismail Turkmanovich – Samarqand davlat universiteti Rus tili kafedrasi dotsenti, mustaqil tadqiqotchi;
  4. Xudjayeva Ra’noxon Mutalibjonovna – Andijon davlat universiteti Fakultetlararo chet tili kafedrasi assistenti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 2-bosqich mustaqil izlanuvchisi;
  5. Kamilova Saodat Ergashevna – O‘zbekiston Milliy universiteti 3- bosqich KIXIsi;
  6. Raximova Shaxnoza Palvannozirovna – O‘zbekiston Milliy universiteti 3-bosqich mustaqil izlanuvchisi;
  7. Teshaboyeva Ziyodaxon Qodirovna – O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti katta o‘qituvchisi, mustaqil tadqiqotchi;
  8. Sulaymonova Nilufar Jabbarovna – Samarqand davlat chet tillari instituti o‘qituvchisi, mustaqil-izlanuvchi.

10.00.04 – “Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti” ixtisosligi bo‘yicha 2016-yil 28-mayda soat 15:00 da 209–xonada (Asosiy binoda Toshkent shahri Mirobod tumani Shahrisabz – 25-uy):

  1. Muxammedova Nilufar Eliboyevna – O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 3- bosqich KIXIsi;
  2. Yusupova Nargiza Jumaboyevna – O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 3- bosqich KIXIsi;
  3. Adilova Shaxnoza Raximovna – O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 3- bosqich KIXIsi;
  4. Salimova Dilnavoz Akmalovna – Jizzax davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi KIXI bitirgan

10.00.05 – “Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti” ixtisosligi bo‘yicha malakaviy imtihon 2016-yil 28-mayda soat 10:00 da 209-xonada (Asosiy binoda Toshkent shahri Mirobod tumani Shahrisabz – 25-uy):

  1. Rustamiy Salimaxon Aliybeg qizi – Toshkent davlat sharqshunoslik instituti “Mumtoz filologiya” kafedrasi dotsenti, mustaqil tadqiqotchi;
  2. Muxiddinova Dilafruz Zoxriddinovna – Toshkent davlat sharqshunoslik instituti 3- bosqich KIXIsi;
  3. Mirziyotov Shuhrat Mirgiyazovich – Toshkent davlat sharqshunoslik instituti 3- bosqich KIXIsi;
  4. Imamova Xolida Kamalovna – Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, 3- bosqich KIXIsi.

10.00.10 – “Matshunoslik va adabiy manbashunoslik” ixtisosligi bo‘yicha malakaviy imtihon 2016-yil 28-mayda soat 14:00 da 201-xonada (Asosiy binoda Toshkent shahri Mirobod tumani Shahrisabz – 25-uy):

  1. Alimuxammedov Rixsitilla Abdurashidovich– Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, 3- bosqich KIXIsi;
  2. Hasanova Shafoat Saidbekovna – O‘zR FA Alisher Navoiy nomidagi davlat muzeyi 3- bosqich KIXIsi.

Ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi 

 

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: