• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Yaponshunoslik fakulteti

YAPONSHUNOSLIK FAKULTETI

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti O‘zbekistonda yapon tilini rivojlantirish bo‘yicha yetakchilardan biridir. 1992 yilda tashkil etilgan Yapon filologiyasi kafedrasi yapon tilini o‘qitish bo‘yicha nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyodagi birinchi ta’lim muassasasidir. So‘nggi yillarda yaponshunoslik sohasidagi tadqiqotlar yangi fakultet tashkil qilinishiga sabab bo‘ldi. 2019-yil 4-dekabr kuni Toshkent Davlat Sharqshunoslik institutida Yaponshunoslik fakultetining tantanali ravishda ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur fakultetning ochilishi dunyoning yetakchi davlatlaridan biri Yaponiya bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi siyosiy va iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi davrida mutaxassislarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Uning TDSHUda ochilishi yapon tili bo‘yicha o‘qitish jarayoni va tadqiqotchilik ishlarini birlashtirish, ushbu sohadagi yo‘nalishlarni muvofiqlashtirish, o‘zbek yaponshunosligi darajasini yangi bosqichga olib chiqish imkoniyatini beradi. Fakultet olida turgan eng dolzarb vazifa nafaqat yapon tilidan  ta’lim berish, balki yaponshunoslikni rivojlantirish, yani yapon tilshunosligi, yapon adabiyoti, Yaponiya siyosati, iqtisodi, tarixi, falsafasi, ma’daniyati sohasida mutahassis va tadqiqotchi kadrlarni tayyorlashdan iboratdir.

YAPON FILOLOGIYASI KAFEDRASI

Kafedraning birinchi mudiri sifatida dotsent Kim Mun Uk raxbarlik kilgan bo‘lsa, 1993-1999-yillarda kafedraga filologiya fanlari nomzodi N.Pak, 2000-2010-yillarda M.Ibrohimova, 2011-2013-yillarda filologiya fandari nomzodi, dotsent N.D.Kim, 2014-2018-yillarda katta o‘qituvchi E.O.Matchanov mudirlik qildi. Xozirgi kunda kafedraga PhD doktori N.T.Xalmurzayeva raxbarlik qilmoqda.

Yapon filologiyasi kafedrasida faoliyat olib borayotgan professor- o‘qituvchilarning aksariyati aynan yapon filologiya kafedrasining bitiruvchilaridir. Kafedrada faoliyat ko‘rsatib kelayotgan yosh va malakali o‘qituvchilar o‘z kasbiga fidokorligi bilan ajralib turadi. Bu o‘qituvchilar bilan bir qatorda kafedra tashkil etilgan birinchi kundan boshlab o‘z hissasini talabalarni malakali va sifatli tayyorlashga qo‘shayotgan yaponiyalik mutaxassis Sugano Reyko ham tinmay izlanishlardadir. Uning O‘zbekistonda yaponshunoslikni rivojlanishga qo‘shgan hissasini alohida e’tiborga olinib 2014-yilda u O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan. Sugano Reykoning yapon kafedrasi o‘qituvchilari bilan xamkorlikda 2010 yilda nashr etilgan “Yapon tili darsligi” nomli 1-2 qismli va 2015 yilda nashr etilgan “Yapon tili darsligi – 3” nomli kitobi  hozirgi kunda kafedra o‘qituvchilari va talabalari tomonidan foydalanilib kelinmoqda.

       2006-yildan institutda Sukuba universitetining O‘rta Osiyo ilmiy-tadqiqot markazi ochilib faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu markaz tashabbusi bilan har yili Sukuba universiteti bilan hamkorlikda professor-o‘qituvchilarning ilmiy konferensiyalari o‘tkaziladi, konferensiya ishtirokchilarining maruzalari to‘plam sifatida nashr qilinadi.

Kafedraning ilmiy faoliyati quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:

–   Yapon va o‘zbek tili o‘rganishning qiyoslash

–   Badiiy matnlar tarjimasida nazariy va amaliy muammolar

Kafedra bakalavriyat ta’lim yo‘nalishida:

Asosiy til sifatida 105 talaba
Ikkinchi til sifatida 101 talaba


Kafedra magistratura mutaxassisligida:

Asosiy til sifatida 11 talaba
Ikkinchi til sifatida 8talaba


Yaponiyada tahsil olayotgan talabalar:

Bakalavr yo‘nalishidan 12 talaba
Magistratura yo‘nalishida 11 talaba


Yaponiyadan kelib TDSHUda tahsil olayotgan talabalar:

Tokio Chet Tillari Universitetidan 2 talaba
Xosey Universitetidan 2 talaba
Sukuba Universitetidan 1 talaba
Sofiya Universitetidan  


Kafedrada o‘qitiladigan fanlar

Bakalavriyat yo‘nalishi:

1.Asosiy sharq tili (Yapon tili)  1-4 kurs.

2.Chet tili (Yapon tili).

  1. Asosiy sharq tilining nazariy grammatikasi (Yapon tili).
  2. Asosiy shark tili va o‘zbek tillarining qiyosiy grammatikasi

   (Yapon tili).

  1. AShTdan maxsus kurs: Yapon iyeroglifikasi asoslari.
  2. Asosiy o‘rganilayotgan til leksikologiyasi.
  3. AShT fonetik tizimi (Yapon tili)
  4. AShT yozuv tizimi (Yapon tili)

Magistratura mutaxassisligi:

  1. O‘rganilayotgan mamlakatda (Yaponiya) til vaziyati.
  2. Yapon biznes nutqida xurmat kategoriyalarini qullash amaliyoti.
  3. Falsafiy qulyozmalarni o‘qish va tavsiflash.
  4. O‘rganilayotgan mamlakat (Yaponiya) tili tarixi.

Kafedra professor o‘qituvchilari:

  1. Sugano Reyko-dotsent
  2. Xalmurzayeva Nodira (PhD) (kafedra mudiri)
  3. 3.Fatkulina Luiza – katta o‘qituvchi
  4. Matchanov Elyor – katta o‘qituvchi
  5. Ishimura Ikumi – o‘qituvchi
  6. Zimova Zuxra – o‘kituvchi
  7. Abduxamidova Dilafruz – o‘qituvchi
  8. To‘xtamirzayeva Mashhura – katta o‘qituvchi (PhD)
  9. Koeda Toshimi – o‘qituvchi
  10. Tursunova Nilufar – o‘qituvchi
  11. 11.Turapova Nargiza – o‘qituvchi
  12. Mamurjanova Gulbahor – o‘qituvchi

856464

Kafedraning xamkor tashkilotlari

  1. Toshkent shaxridagi Yunusobod akademik litseyi.
  2. Toshkent shaxridagi 81 – o‘rta makab.
  3. Toshkent shaxridagi 198 – o‘rta makab.

Kafedraning xalqaro xamkorligi

  1. Tokio Chet Tillar Universiteti.
  2. Xosey Universiteti.
  3. Sukuba Universiteti.
  4. Vaseda Universiteti
  5. Sofiya Universiteti
  6. Aichi Universiteti

222323232

Kafedraning ilmiy yo‘nalishi

  1. Sharq lug‘atchilik nazariyasi va amaliyoti: tarixiy davrlari, lug‘at tuzish prinsiplari va hozirgi zamon lug‘atlari.
  2. Yapon tili terminologiya tizimi: tarixiy jarayonlar, hozirgi zamon ilmiy-texnik terminlarning shakllanish va rivojlanish muammolari.
  3. Yaponiyada hozirgi zamon til vaziyati: adabiy til va laxjalar; til uslublari; globalizm va o‘zaro ta’sir masalalari.
  4. Yapon tili semantikasi va semasiologiyasi masalalari.

56565655

YAPONIYA SIYOSATI, TARIXI VA IQTISODIYOTI” KAFEDRASI

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rektorining 2019-yil 1-noyabrdagi № 01-863 buyrug‘iga asosan “Yaponshunoslik” fakulteti tarkibida “Yaponiya siyosati, tarixi va iqtisodiyoti” kafedrasi tashkil etildi.

Kafedra Yaponiya siyosati, tarixi va iqtisodiyoti bo‘yicha malakali mutaxassislar yetishtirib chiqarishni o‘z oldiga maqsad qilgan.

Kafedraga biriktirilgan ta’lim yo‘nalishlarida Yaponiyaning ichki va tashqi siyosati, xalqaro va mintaqaviy munosabatlarda tutgan o‘rni, jahon siyosiy jarayonlaridagi ishtiroki, zamonaviy bosqichda Yaponiyaning iqtisodiyoti va moliya tizimi, mamlakatning innovatsion siyosati, Yaponiyadagi modernizatsiya jarayonlari, mamlakatning iqtisodiy rivojlanish modellari, shuningdek, Yaponiya tarixi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning tarixiy bosqichlari, yapon siyosiy ta’limotlar tarixi o‘rganiladi.

Ta’lim yo‘nalishlari:

  • 5120700 – Jahon siyosati (Yaponiya)
  • 5231000-Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (Yaponiya iqtisodi)
  • 5120300-Tarix (Sharq mamlakatlari tarixi (Yaponiya)

Kafedra bakalavriyat ta’lim yo‘nalishlarida:

5120700 – Jahon siyosati (Yaponiya) 12 talaba
5231000-Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (Yaponiya iqtisodi) 37 talaba
5120300-Tarix (Sharq mamlakatlari tarixi (Yaponiya) 16 talaba


Kafedra magistratura mutaxassisligida:

5A120701-Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat 3 talaba
5A231001-Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (Yaponiya iqtisodi) 2 talaba
5A120302-Tarix (yo‘nalishlar va mamlakatlar bo‘yicha) 1 talaba


Kafedrada o‘qitiladigan fanlar

Bakalavriyat yo‘nalishi:

Jahon siyosati (Yaponiya)

 (kredit-modul tizimi bo‘yicha)

  1. Yaponiya tashqi siyosati
  2. Yaponiyada davlat boshqaruvi asoslari
  3. Yaponiyada xavfsizlik masalalari va xalqaro siyosat
  4. Yaponiya fuqarolik jamiyati institutlari
  5. Madaniyatlararo muloqot
  6. Xalqaro munosabatlar
  7. Xalqaro munosabatlar nazariyasi
  8. Yaponiyada siyosiy madaniyat
  9. Qiyosiy siyosatshunoslik

  1. Yaponiya jahon siyosatida
  2. Xalqaro xavfsizlik muammolari
  3. Siyosiy texnologiyalar
  4. Yaponiya va xalqaro tashkilotlar
  5. Yaponiyaning Markaziy Osiyodagi siyosati
  6. Konfliktologiya

5231000-Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik
(Yaponiya iqtisodi)

 (kredit-modul tizimi bo‘yicha)

  1. Iqtisodiyot nazariyasi
  2. Mikro iqtisodiyot
  3. Iqtisodiy siyosat
  4. Matematik iqtisodiyot
  5. Tadbiqiy mikro iqtisodiyot
  6. Xalqaro savdo
  7. Yaponiya sanoat korxonalari
  8. Makro iqtisodiyot
  9. Yaponiya iqtisodiyoti
  10. Eksperimental iqtisodiyot
  11. Iqtisodiy statistika
  12. Yaponiya iqtisodiyoti tarixi
  13. Mintaqaviy iqtisodiyot
  14. Yaponiyada kichik biznes
  15. Iqtisodiy rivojlanish asoslari
  16. Yaponiya pul-moliya tizimi
  17. Jahon globallashuv jarayonlarining biznes va mehnat bozoriga ta’siri
  18. Iqtisodiy geografiya (Yaponiya)

2-kurs

  1. Ekonometrika asoslari
  2. Iqtisodda matematik usullar va modellashtirish
  3. Iqtisodiyot nazariyasi
  4. O‘zbekiston iqtisodiyoti
  5. Makro va mikro iqtisodiyot
  6. Yaponiya iqtisodiyoti

3-kurs

  1. Buxgalteriya hisobi asoslari
  2. Marketing va menejment asoslari
  3. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar
  4. Yaponiyada maxsus iqtisodiy hududlar va investitsiya siyosati
  5. Yaponiyaning iqtisodiy rivojlanish modellari

4-kurs

  1. Yaponiyaning tashqi iqtisodiy faoliyati
  2. Yaponiyada modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlari
  3. Yaponiyaning innovatsion siyosati
  4. Yaponiya iqtisodiyotida institutsional o‘zgarishlar

5120300-Tarix (Sharq mamlakatlari tarixi (Yaponiya)

1-kurs

(kredit-modul tizimi bo‘yicha)

  1. Yaponiya siyosati tarixi
  2. Yaponiyaning ijtimoiy-iqtisodiy tarixi
  3. Yaponiya dinlari tarixi
  4. Etnografiya
  5. Yaponiya tarixiy geografiyasi
  6. Yaponiyada modernizatsiya jarayonlari tarixi

2-kurs

  1. Jahon tarixi
  2. Arxivshunoslik
  3. Tarixiy tadqiqot asoslari
  4. Yaponiya tarixi
  5. Uzoq Sharq mamlakatlari tarixiy geografiyasi (Yaponiya)
  6. Yaponiyada ijtimoiy-siyosiy ta’limotlar tarixi

3-kurs

  1. Jahon tarixi
  2. Yaponiya tarixi
  3. Yaponiya madaniyati va tarixi
  4. Yaponiya siyosiy tizimi tarixi

4-kurs

  1. Yaponiya tarixi
  2. Yaponiyaning Markaziy Osiyodagi siyosati
  3. Yaponiya jahon siyosatida
  4. Yaponiya diplomatiyasi tarixi
  5. Yaponiya davlat tuzumi va siyosiy partiyalar

 

02.07.2020, 16:10 1984

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: