• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

XXI asrda jahon siyosati va O‘zbekiston tajribasi: siyosiy, huquqiy va ijtimoiy jihatlari

11.04.2017, 11:26 Yangiliklar 4380

2017-yilning 8-apreli kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutining majlislar zalida “XXI asrda jahon siyosati va O‘zbekiston tajribasi: siyosiy, huquqiy va ijtimoiy jihatlari” mavzusida Vazirlik miqyosidagi ilmiy-amaliy 4-konferensiya o‘tkazildi.
Konferensiyada bir qator mutaxassis olimlar, professor-o‘qituvchilar, soha vakillari, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va magistrant talabalar ishtirok etdilar.
Konferensiyani TDSHI rektori, f.f.d., prof. A.M.Mannonov ochib berdi. Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi OAV monitoring qilish bo‘yicha Markaz direktori o‘rinbosari, s.f.d., prof. S.A.Jo‘rayev, TDYU professori, y.f.d. S.M.Adilxodjayeva, JIDU kaefdra mudiri, i.f.d., prof. I.R.Mavlanov, JIDU professori, s.f.d. N.U.Tulyaganova va boshqa soha vakillari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Konferensiya qizg‘in baxsu munozaralarga boy bo‘lib, o‘rtaga tashlangan savollar batafsil muhokama etildi. Konferensiya davomida talabalar ham o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi hamda o‘zaro fikr almashishdi.

photo_2017-04-12_21-00-12

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: