• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va siyosati fakultetida seminar o’tkazildi

08.01.2019, 15:18 Uncategorized, Yangiliklar 2772

2019-yilning 7-yanvar kuni Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va siyosati fakultetida iqtisodiyot ta’lim yo’nalishi professor-o’qituvchilari uchun “Institutsional o’zgarishlarning iqtisodiy o’sish va inson kapitali rivojlanishiga ta’siri” mavzusida seminar o’tkazildi. Seminarni fakultetning “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi doktoranti, i.f.n. N.Xolmatov olib bordi.

Seminar davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, iqtisodiy raqobatbardoshlikni oshirish masalalari, iqtisodiy taraqqiyotning innovatsion omillari, inson kapitalini rivojlantirishning ustuvor masalalari haqida fikr yuritildi. Shuningdek, muhokama etilayotgan masala bo’yicha jahonning taraqqiy etgan mamlakatlari tajribasiga nazar tashlanib, ulardan mamlakatimizda foydalanish imkoniyatlari asoslab berildi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan institutsional o’zgarishlarning milliy xo’jalik rivoji, raqobatbardoshlikning oshishi, xalqaro munosabatlar rivojiga ta’siri masalalariga to’xtalib o’tildi. Seminar davomida ko’tarilgan masalalar keng muhokama qilinib,  ilmiy-amaliy xulosalar ishlab chiqildi.

IMG_20190108_150746_855IMG_20190108_150744_241IMG_20190108_150733_598

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: