• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Xattotlik san’ati bo’yicha mahorat darsi

01.12.2018, 13:45 Yangiliklar 3356

Xattotlik eng go‘zal va nafis san’atlardan biri bo’lib,  u yozuv (xat) san’ati, kitob ko‘chirish hamda me’moriy inshootlar, badiiy buyumlar kitobatini yaratish kasbini anglatadi. Sharq xalqlarining ko‘p asrlik tarixiy merosida xattotlik va kitobat san’ati alohida o‘rin egallab, bugungi kunda ham ularning ahamiyati yuqori sanaladi.

2018-yilning 30-noyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Arab filologiyasi kafedrasida mashxur xattot Habibullo Solih bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda xattotlik san’ati bilan qiziquvchi professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etishdi.

Xattot Habibullo Solih talabalarga xattotlik san’atining o‘ziga xosligi, rivojlanish tarixi va bugungi kundagi ahamiyati haqida ma’lumotlar berdilar. Shuningdek xattotlik san’atini  o‘rganishda nimalarga ahamiyat qaratish lozimligi haqida ham to‘xtalib  o‘tib, talabalarga o‘z mahoratlarini namoyish etdilar.

photo_2018-12-03_01-42-25photo_2018-12-03_01-42-19photo_2018-12-03_01-42-15

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: