• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Xalqaro hamkorlik bo’limi

TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETINING XALQARO HAMKORLIK BO‘LIMI XODIMLARI HAQIDA

MA’LUMOT

    Xalqaro hamkorlik bo‘limi faoliyati bevosita universitet xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori tomonidan boshqariladi. Ushbu bo‘limda bo‘lim boshlig’i va to‘rt nafar xodim faoliyat ko‘rsatmoqda.

       2019 yil dekabr oyidan boshlab Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining xalqaro hamkorlik bo‘limiga Muhsinov Avazmuhammad Nosirovich rahbarlik qilib kelmoqda.

Muxsinov A

A.Muhsinov 1976 yil 24 noyabrda Samarqand shahrida xizmatchi oilasida tavallud topgan. 1993 yilda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Iqtisod” fakultetining “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” bo‘limiga davlat granti asosida o‘qishga kirgan. 1998 yilda universitetni imtiyozli diplom bilan tugatgan. 1999-2002 yillarda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteting “Xorijiy mamlakatlar iqtisodi” mutaxassisligi bo‘yicha aspiranturani tugatgan. 2002-2010 yillar mobaynida A.Muhsinov “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” kafedrasida pedagogik faoliyatni olib borgan.

2019 yilning iyul-dekabr oylarida “Inson resurlarini rivojlantirish O‘zbek-Yapon markazi negizida ishbilarmon odamlar salohiyatini rivojlantirish va aloqalarni yo‘lga qo‘yish (UJC)” texnik hamkorlik loyihasi doirasida “Professional boshqaruv dasturi (PMP)” bo‘yicha magistraturaga tenglashtirilgan 6 oylik o‘quv kursini muvaffaqiyatli tugatgan.

Bog’lanish uchun ma’lumot:   tel.: (+998 71) 233-29-85, е-manzil: xab@tashgiv.uz

2019 yilning oktyabr oyidan boshlab Isroilov Umidjon Oribjonovich Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti xalqaro hamkorlik bo‘limi uslubchisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Isroilov U

U.Isroilov 1992 yil 23 iyunda Toshkent shahrida xizmatchi oilasida tavallud topgan. 2015 yilda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Sharq falsafa va madaniyati” ta’lim yo‘nalishini, 2020 yilda esa “Sharq falsafa va madaniyati” mutaxassisligini muvaffaqiyatli tamomladi. 2019-2020 o‘quv yilida Yaponiyaning Tsukuba universitetida stajirovka o‘tadi.

2014 yildan 2019 yilgacha universitetning xalqaro hamkorlik bo‘limida faoliyat yuritgan.

2019 yilning noyabr oyidan boshlab Zamaleeva Elianora Ilsurovna Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti xalqaro hamkorlik bo‘limi uslubchisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Zamaleeva E

E.Zamaleeva 7 mart 1994 yilda Toshkent shahrida xizmatchi oilasida tavallud topgan. 2018 yilda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Sharq filologiyasi (dariy tili)” ta’lim yo‘nalishini, 2020 yilda esa “Sharq filologiyasi” mutaxassisligini muvaffaqiyatli tamomladi.

2019 yilning oktyabr oyidan boshlab Abdulxaev Abdurashid Nodir o‘g’li Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti xalqaro hamkorlik bo‘limi ish yurituvchisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Abdulhayev A

A.Abdulxaev 1999 yilning 20 yanvarida Toshkent shahrida xizmatchi oilasida tavallud topgan. 2017 yildan Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (Xitoy)” yo‘nalishida tahsil olmoqda.

2019 yilning fevral oyidan boshlab Abduganieva Feruza Baxodir qizi Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti xalqaro hamkorlik bo‘limi ish yurituvchisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Abduganieva F

F.Abduganieva 1997 yilning 24 avgustida Toshkent shahrida xizmatchi oilasida tavallud topgan. 2020 yilda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Sharq filologiyasi (koreys tili)” ta’lim yo‘nalishini muvaffaqiyatli tamomladi.

27.06.2020, 17:08 2639

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: