• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

DISSERTATSIYA HIMOYALARI HAQIDAGI E’LON!

01.03.2019, 14:41 DD Himoyasi 2941

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc 27.06.2017.Fil.21.01 raqamli Ilmiy kengash tomonidan filologiya fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyalarning himoyalari belgilandi:

  1. Ermatov Bahodir Sodiqovichning 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisoslik shifri bo‘yicha tayyorlagan “G‘arbiy Yevropa mamlakatlari adabiyotlarida Amir Temur siymosi (sarchashmalar, tasavvur va talqinlar)” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya himoyasi. 2019-yil, 15-mart soat 14:00.
  2. Lokteva Nadejda Mixaylovnaning 00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisoslik shifri bo‘yicha tayyorlagan “XX-XXI asrlar bo‘sag‘asida Amerika adabiyotida “oilaviy xronika” janri (Enn Tayler va Juliya Alvares ijodi asosida)” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya himoyasi. 2019-yil, 15-mart soat 16:00.
  3. Ahmedova Dilfuza Rafukjanovnaning 00.05 – Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti ixtisoslik shifri bo‘yicha tayyorlagan “Fors tili so‘z turkumlarining gazeta matnlaridagi funksional va uslubiy xususiyatlari” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya himoyasi. 2019 yil, 16-mart soat 14:00.
  4. Paizbekova Aziza Djaksinovnaning 10.00.06 – Qiyosiy-adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik, tarjimashunoslik ixtisoslik shifri bo‘yicha tayyorlagan “Ingliz, rus, o‘zbek va qozoq tillari maqollaridagi vaqt reprezentatsiyasining lingvokognitiv aspekti” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya himoyasi. 2019-yil, 16-mart soat 16:00.

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: