• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti talabalari qadimiy Buxoro shahrida

27.03.2018, 20:04 Yangiliklar 3753

Toshkent davlat sharqshunoslik institutining professor-o‘qituvchilari va talabalaridan tashkil topgan 50 kishilik jamoa qadimiy va ertaknamo Buxoro shahriga tashrif buyurib, u yerdagi muqaddas ziyoratgohlar, noyob tarixiy va arxeologik qadamjolarni ziyorat qildilar. Buxoroda joylashgan 100 dan ortiq yirik tarixiy me’moriy yodgorliklar: Buxoro arki, Somoniylar maqbarasi, Chashmai Ayub maqbarasi, Mag‘oki Attori masjidi, Namozgoh masjidi, Poyi kalon ansambli, Qal’adevor qoldiqlari, Minorai kalon, Masjidi kalon, Mir Arab madrasasi, Tim va toqilar, Labihovuz ansambli, Ulug‘bek madrasasi, Chor minor, Bolohovuz masjidi, Sitorai Mohi Xossa ansambli va boshqalarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib, ularning tarixi bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, Buxoro xunarmandchiligi na’munalari talabalarning o‘rinli xayratlariga sabab bo‘ldi. Sayohat ularga katta madaniy va ma’rifiy ozuqa berdi.

Shu bilan birga, institut professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari yurtimizning Samarqand, Xorazm va Toshkent viloyatlariga sayohat qildilar. U yerdagi qadimiy ziyoratgohlar qatori tabiat qo‘ynidagi so‘lim dam olish maskanlarida bo‘ldilar.

photo_2018-03-22_16-37-46 photo_2018-03-22_16-44-27

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: