• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Koreyashunoslik fakultetining yangi binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

06.04.2019, 09:24 Yangiliklar 2647

2019-yilning 5-aprel kuni Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Koreyashunoslik fakultetining yangi binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov, Koreya respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Kvon Yong Vu janoblari, Koreya fondi raisi Li Si Xyung, Koreya Ta’lim markazi direktori O Gi Yol, KOIKA tashkiloti direktori Son Song Il, Koreya biznesmenlari assotsiatsiyasi raisi Pak Shi Nam, O‘zbekistondagi Koreyslar uyushmasi raisi Kim Do Yun va Sejong koreys instituti direktori Xo Son Xong hamda TDSHI rahbariyati, institut jamoasi ishtirok etishdi.

Tadbirni institut rektori, professor A.Mannonov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Tadbirning rasmiy ochilish marosimidan so‘ng, tadbir ishtirokchilari institutning kompleks ta’mirdan chiqarilgan mazkur binosida talaba va o‘qituvchiar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek, tadbir davomida Toshkent davlat sharqshunoslik instituti va Koreya fondi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolanib, unga ko‘ra TDSHIga Janubiy Koreyalik o‘qituvchilarni dars berish uchun yuborish kelishib olindi.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish lozimki, Toshkent davlat sharqshunoslik institutining Koreyashunoslik fakulteti 2018-yil 2-iyulida ochilgan va fakultetida 3 ta kafedra: “Koreys filologiyasi” , “Koreya iqtisodiyoti va siyosati” hamda “Koreya tarixi va madaniyati” kafedralari faoliyat olib bormoqda.

Fakultetning maqsadi – koreyashunoslik sohasida kompleks umumdarajaga ega bo‘lgan tarjimon va filologlar yetishtirish bilan birga, Koreya va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy, siyosiy, ilmiy va madaniy aloqalarni rivojlantirishga katta hissa qo‘shadigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash sanaladi. Bugungi kunda fakultetda 7 nafar koreyalik professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatmoqda. Fakultet Janubiy Koreyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, Xankuk Chet tillari universiteti, Seul Milliy universiteti, Xanshin universiteti, Busan Chet tillari universiteti, Xandong universiteti, Dongkuk universiteti, Kyongdong  universiteti, Sangmyon  universitetlari shular jumlasidandir.

Shuningdek, 2013 yilning 26 noyabrida KOIKA tashkilotining yordami bilan TDShIda elektron kutubxona tashkil etilgan bo‘lib, yaqinda Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi ko‘magida Seul Milliy universiteti tomonidan institut kutubxonasiga 2000 yaqin kitob taqdim etildi.

photo_2019-04-06_09-22-02 photo_2019-04-06_09-22-00 photo_2019-04-06_09-22-01 photo_2019-04-06_09-21-58 photo_2019-04-06_09-21-59 photo_2019-04-06_09-21-56 photo_2019-04-06_09-21-57 (2) photo_2019-04-06_09-21-55 photo_2019-04-06_09-21-50 photo_2019-04-06_09-21-51 photo_2019-04-06_09-21-48 (2) photo_2019-04-06_09-21-48 photo_2019-04-06_09-21-49 photo_2019-04-06_09-21-46 (2) photo_2019-04-06_09-21-46 photo_2019-04-06_09-21-47

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: