• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDShIda Afg‘oniston mustaqilligining 100 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi

25.06.2019, 20:03 Yangiliklar 2248

2019-yil 21-22-iyun kunlari Toshkent davlat sharqshunoslik institutida “Afg‘oniston XX va XXI asrlar chorrahasida: tarixiy, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy jihatlari va uning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan o‘zaro munosabati masalalari” mavzusida xalqaro konferentsiya o‘tkazildi. Mazkur anjuman Afg‘oniston Islom Respublikasi mustaqilligining 100 yilligiga bag‘ishlandi.
Anjumandan ko‘zlangan asosiy maqsad so‘nggi 40 yil ichida Afg‘oniston Islom Respublikasi taraqqiyotining ijtimoiy, tarixiy-madaniy sohalarini ilmiy tahlil qilishdan iborat.
photo5235469837545876274 photo5235715586984618700
Konferentsiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili I. Ergashev, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari U. Begimqulov, O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari K. Eshonxo‘jaev, Afg‘oniston Fanlar akademiyasi a’zolari L. Azmun, Z. Xevadmal, Afg‘onistonning Balx universiteti prorektori A. Haqiq hamda ushbu universiteti professorlari Sh. Badaxsh, A. Badaxsh, Niderlandiyaning Amsterdam universiteti professori B. Ridvin, shvetsiyalik afg‘onshunos espert Sh. Jurjoniy, AQShning Nyu-Meksika universiteti professori G. Glizon, Rossiyaning Evroosiyo analitik klubi eksperti, tarix fanlari nomzodi N. Mendkovich, Rossiya Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti etakchi ilmiy xodimi A. Vorobev, Kazan federal universiteti professori V. Letyaev, Altay davlat universiteti professori V. Boyko, Qirg‘izistonning mintaqaviy xavfsizlik va xalqaro munosabatlar bo‘yicha ekperti T. Masadikov, Xitoyning Shensi pedagogika universitetining Afg‘onistonni o‘rganish markazi professori L. Sinvey kabi xorijiy akademik doiralar vakillari hamda o‘zbekistonlik afg‘onshunos olimlar, tadqiqotchilar, talabalar ishtirok etdi.
photo5235490612302686746 photo5235715586984618698
Anjumanda so‘zga chiqqan ma’ruzachilar Afg‘oniston qadimdan srategik va geosiyosiy jihatdan rivojlangan davlatlarni qiziqtirib kelgani, ularning diqqat markazida turgani, bugungi kunda ham Afg‘oniston xavfsizlik borasida alohida e’tibor qaratish lozimligini ta’kidlashdi.
Afg‘oniston Fanlar akademiyasi etakchi ilmiy xodimi L. Azmun anjumanda ishtirok etishga taklif uchun minnatdorchilik bildirib, afg‘on talabalarini O‘zbekistonda o‘qitish yo‘lga qo‘yilgani, qolaversa, mana shunday anjumanlarning tashkil etilishi, turli davlatlarda faoliyat yuritayotgan afg‘onshunos olimlarning bir davraga yig‘ilishi tarixiy hodisa bo‘lganini qayd etdi. “Bu anjuman orqali Afg‘onistondagi ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va siyosiy sohalarida bo‘layotgan o‘zgarishlarni tahlil qilish imkonini beradi”, – dedi olim.
photo5235715586984618702photo5235715586984618697
Afg‘onshunos olim, professor R. Inomxo‘jaev Afg‘oniston-O‘zbekiston aloqalari yangi bosqichga ko‘tarilganini va buning isboti sifatida Afg‘oniston mustaqilligining 100 yilligiga bag‘ishlab mana shunday ilmiy anjumanlar o‘tkazilayotgani afg‘onshunos olimlarning o‘zaro fikr almashishiga sharoit yaratib berishini, bu anjuman orqali malakatimizda afg‘onshunoslik sohalarida olib boriyotgan ilmiy izlanishlarni jarayonga tadbiq etish imkoniyatini berishini ham alohida ta’kidladi.

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: