• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etishdagi sa’y-harakatlar

27.09.2018, 15:06 Yangiliklar 2913

Toshkent davlat sharqshunoslik institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-sonli qarorida belgilangan ustuvor yo‘nalishlardan kelib chiqib hamda xalqaro standartlar talablariga mos keladigan ta’lim sifatini ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, 2018/2019 o‘quv yiliga yangitdan ishlab chiqilgan TDSHI ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha malaka talablari, o‘quv rejalari, fan dasturlarining joriy etilishi, “Tashqi iqtisodiy faoliyat” mutaxassisligi bo‘yicha tashqi savdo sohasida faoliyat olib borish uchun sharq va g‘arb tillarini biladigan kadrlar tayyorlash tashkil etilgani hamda sirtqi va kechki ta’lim shakllarining ochilishi, joriy o‘quv yilidan institutga qabul kvotalarining oshirilishi mazkur yo‘nalishdagi muhim islohotlar hisoblanadi.
Shu bilan birga Toshkent davlat sharqshunoslik instituti va xorijiy oliy ta’lim muassasalarining o‘zaro kelishuvi hamda qo‘shma ta’lim dasturlari asosida talabalarni o‘qitishni tashkil etish va ikki tomonlama tan olinadigan diplom berish amaliyoti joriy etish yo‘lida faol sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, bu borada Xitoyning Shanxay universiteti, Rossiyaning Moskva davlat universiteti, Qozon federal universiteti, Ural federal universiteti hamda Belarus davlat universiteti bilan sharq filologiyasi, tarix, jahon siyosati, xorijiy mamlakatlari iqtisodiyoti, sharq falsafasi va madaniyati kabi yo‘nalishlarda va mutaxassisliklarda sharqshunos-kadrlarni qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish asosida tayyorlash borasida muzokaralar olib borilmoqda.
Kuni kecha Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rektori f.f.d., prof. A.M.Mannonov va Belarus davlat universiteti rektori ped.f.d., prof. A.D.Korol o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar natijasida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida filologiya, tarix, iqtisod va xalqaro munosabatlar sohasida “2+2” shaklida qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish borasida kelishuvga erishildi.
Shuningdek, mazkur sohalarda qo‘shma ta’lim dasturlari asosida TDSHI bilan hamkorlikda oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlashga Rossiyaning sharqshunoslik sohasi bo‘yicha kadrlarni tayyorlovchi Qozon federal universiteti, Ural federal universiteti ham alohida qiziqish bildirmoqda.
Shu munosabat bilan Toshkent davlat sharqshunoslik instituti va Belarus davlat universiteti, Qozon federal universiteti, Ural federal universiteti tomonidan yuqorida zikr etilgan ta’lim yo‘nalishlarida to‘lov-kontrakt asosida oliy ma’lumotli sharqshunoslarni tayyorlash bo‘yicha malaka talablari, o‘quv rejalari, fan dasturlari, o‘quv adabiyotlarini ishlab chiquvchi va ularni o‘zaro muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhlari tuzishga qaror qilindi.

photo_2018-09-28_15-09-55
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rektori f.f.d., prof. A.M.Mannonov (o‘ngda) va Belarus davlat universiteti rektori ped.f.d., prof. A.D.Korol (chapda)

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: