• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

O‘zbekiston Respublikasining Erondagi favqulotda va muxtor elchisi Fors tili va adabiyoti akademiyasining mehmoni

06.02.2019, 10:40 Yangiliklar 2666

Fors tili va adabiyoti akademiyasi raisi doktor G’ulomali Haddod Odil O’zbekiston Respublikasining Erondagi elchisi Bahodir Abdullayev hamda elchixona mutaxassisi Eldor Askarovni Akademiyada qabul qildi. Muloqot avvalida Bahodir Abdullayev ushbu uchrashuvdan asl maqsad O’zbekiston Respublikasini “Sa’diy Fond”i bilan ilmiy-madaniy sohalarda aloqalarini mustahkamlash ekanligini aytib o‘tdi. U O’zbekistonda fors tili qadimdan o’rganilgan, hatto 1920-yilga qadar ko’pgina maktablarda o’qitilib kelingan, har bir ziyolining xonadonida Hofiz va Bedil devonlari bo’lganligini ta’kidlab, qo‘shimcha qildi: “Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasida Prezident tashabbuslari bilan fors tiliga juda katta e’tibor berilyapti. Biz, qadimiy asarlarning yarmidan ko‘pi fors tilida yozilganligi va uni o’rganishga ehtiyoj kattaligini inobatga olib, hozir kunda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Samarqand davlat universiteti va boshqa ko’pgina oliy ta’lim muassasalarida fors tilini o’qitib kelmoqdamiz. Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik qo‘lyozmalar instituti fondidagi hazinaning katta qismi ham fors tilida yozilgan, shuning uchun ham mamlakatimizda fors tilini biladigan yetuk mutaxassislar yetishtirish uchun alohida e’tibor qaratilgan”.

Suhbat davomida doktor Haddod Odil o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashib, o’z fikrlarini bildirdi: “Eron, Afg’oniston, Turkmaniston, Tojikiston va O’zbekiston o’rtasida mushtarak madaniy muhit mavjud, ushbu muhit sababidan xalqlarimiz qadimdan to hozirgi kunga qadar o‘zaro mustahkam do’stlik aloqalari bilan bog’langan”.

Shuningdek, hamkorlik sohasiga ham to‘xtalib, shunday dedi: “ Fors tili va adabiyoti akademiyasi hamda Sa’diy Fondi Eron va O’zbekiston mamlakatlari o’rtasida ko‘prik bo’la oladi va fors tili va adabiyoti sohasida hamkorlikni to‘laligicha qo‘llab-quvvatlaydi”.

Fors tili va adabiyoti akademiyasi raisi O’zbekiston, adabiyot tarixida fors tili va adabiyotining muhim markazlaridan bo’lganligi, Samarqand va Buxoro shahri fors tili adabiyotining ustuni hisoblanishini aytib, qo‘shimcha qildi: “Mening fikrim va nuqtai nazarim bo‘yicha Islom diyorining g‘arbida Bag‘dod ilm-u fan markazi bo‘lgan bo‘lsa, islom diyorining sharqida Samarqand va Buxoro ilm va ma’rifat markazi hisoblanadi”.

Doctor Haddod Odil so‘zini davom ettirib, yana qo’shimcha qildi: “Fors tili O‘zbekiston uchun tarixiy va ahamiyatli hisoblanadi. Hindiston kabi mamlakatda oxirgi 1000 yil ichidagi eng mo‘tabar kitoblar ham aynan fors tilida yozilgan. Ular ham agar o‘z tarixlarini o‘rganmoqchi bo‘lsalar fors tilini o‘rganishlari kerak. O‘zbekistonda ham ikki-uch yildan beri yuz berayotgan o‘zgarishlarni juda yaxshi deb bilamiz va bu holat mamlakat uchun quvonarlidir. Mirziyoyev janoblarining keng dunyoqarashlari va olib borayotgan siyosatlari uchun ham Osiyo jurnalistlari uyushmasi tomonidan “yil odami” deb e’lon qilinishi ham bejiz emas”.

(xabar mazmunini tarjima qildi: Arifjanov Z.)

http://apll.ir/1397/11/10/فرهنگستان-زبان-و-ادب-فارسی-میزبان-سفیر/

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: