• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Ogahiyshunoslar kengashi” ning ta’sis majlisi bo‘lib o‘tdi.

06.07.2020, 11:33 Yangiliklar 1490

Mamlakatimizdagi Ogahiy ijodi bo‘yicha tadqiqot ishlarini olib borayotgan olimlarning boshini bir yerga qovishtirish hamda  ularning ishlarini muvofiqlashtirish maqsadida tuzilgan TDSHU qoshidagi Respublika “Ogahiyshunoslar kengashi” ning ta’sis majlisi bo‘lib o‘tdi.

Ta’sis majlisda Kengash quyidagi vazifalarni amalga oshirishi kelishib olindi:

  1. Ogahiyning hayot va ijod yo‘li, asarlari, XIX asar Xiva xonligi bilan bog‘liq tadqiqotlar bazasini shakllantirish.
  2. Ogahiy ijodi va hayot yo‘lini qamrab olgan “Ogahiy qomusi”ni yaratish.
  3. Ogahiy merosiga bag‘ishlangan an’anaviy Respublika konferensiyasi tashkil etish.
  4. Chet ellarda saqlanayotgan Ogahiy asarlari qo‘lyozmalarining katalogini tayyorlash.
  5. Ko‘p tilli “Ogahiy hikmatlari” kitobini chop etish.
  6. Ogahiy asarlarining izohli lug‘atini yaratish.
  7. Ogahiy hayoti va ijodi haqida hikoya qiluvchi ilmiy-ommabop risola yaratish.
  8. Ogahiyning hayot va ijod yo‘li bilan bog‘liq ma’lumotlarni qamrab olgan internetda maxsus sayt ochish.

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: