• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Ogahiy hayoti va ijodi – yoshlar tarbiyasi uchun namuna

17.09.2020, 08:53 Yangiliklar 2292

Universitetimizning Yaponshunoslik fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida Adiblar xiyobonida “Ogahiy hayoti va ijodi – yoshlar tarbiyasi uchun namuna” mavzusida ochiq dars va badiiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitet rektori, G. Rixsiyeva, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori Q.Omonov, fakultet dekani E.Matchonov, ustoz-murabbiylar N.Tursunova, O.Salaev, I.Axatova, M.Najimxo‘jaev, D.Saxipova qatnashishdi.
Ochiq darsni adabiyotshunos olim, filologiya fanlari nomzodi, dosent A.Alimbekov o‘tib berdi.
Tadbirda hazrat Ogahiyning yapon tiliga o‘girilgan tarjimalari ham o‘qib eshittirildi. Shuningdek, Ogahiyning “Ko‘rmisham” g‘azali asosida bastalangan qo‘shiq ham ijro etildi.

Tadbir “O‘zbekiston 24” kanali ijodkorlari tomonidan yozib olindi. Videoni ko’rish uchun havolaga bosing! https://youtu.be/6DO3i8_Cu8M

photo_2020-09-16_18-22-26

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: