• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Odam savdosi – davr muammosi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

27.02.2019, 17:47 Uncategorized, Yangiliklar 2640

2019-yilning 27-fevral kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida talabalar o‘rtasida turli yot g‘oyalar va tahdidlarga qarshi kurashish, mafkuraviy immunitetni shakllantirish hamda huquqiy madaniyatni  yuksaltirish maqsadida “Odam savdosi – davr muammosi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir  o‘tkazildi.

Tadbirda Mirobod tumani  IIO FMB tergov bo‘limi katta tergovchisi V.Naberayeva, Mirobod tumani  IIO FMB 2-sonli IIB XPB VE va YoO‘NPTEG inspektori, mayor X.Ermatov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i J.Shabanov va institut talabalari ishtirok etishdi.

Tadbir boshlanishidan oldin O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Yoshlar” telekanali tomonidan tasvirga olingan “Jinoyat va jazo” ko‘rsatuvi namoyish etildi. Shundan so‘ng yig‘ilishni raislik qiluvchi Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Dj.Shabanov boshlab, o‘z nutqida hozirgi kunda dunyo ahlini tashvishga solib turgan va tuzalmas vabo singari insonlarni o‘z domiga tortayotgan odam savdosi – hudud, chegara, millat tanlamaydigan mudhish jinoyatligini, bu juda ko‘p salbiy unsurlarni olib kelayotganligini, terrorizm, giyohvandlik, qurol-yarog‘, odam savdosi, missionerlar nayranglari va bunday illatlar keyingi yillarda odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar kabi jiddiy tashvish va xavotirlarni keltirib chiqarayotganligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Mirobod tumani  IIO FMB tergov bo‘limi katta tergovchisi V.Naberayevaga berdi. U dastlab talabalarni respublika bo‘ylab tahsil olayotgan talabalarga oid raqamlar bilan tanishtirdi. O‘z ma’ruzasida talaba-yoshlarga murojaat qilar ekan, hozirgi kunda shiddat bilan o‘zgarib borayotgan, tahlikali davrda yashayotganligimizni, bir tomondan, uyushgan jinoyatchilik, giyohvandlik, odam savdosi kabi tahdidlar bo‘lsa, ikkinchi tomondan g‘oyaviy tahdidlar-axborot xuruji, “ommaviy madaniyat” kabi yot g‘oyalar yoshlarimiz ongiga qanchalik ta’sir o‘tkazayotganligini gapirar ekan, har birimiz doimo ogohlikda o‘zligimizni yo‘qotmagan holda o‘z yo‘limizdan og‘ishmay yurishimiz, buning uchun ma’naviy barkamol va yetuk inson bo‘lishimiz lozimligini hamda o‘z bilim va ko‘nikmalarimizni atrofdagilarga targ‘ibot qilishimiz, loqaydlikga yo‘l qo‘ymasligimiz lozim deya, odam savdosi qurboniga aylangan fuqarolarimizning ayanchli taqdirlari haqida hayotiy misollar bilan tushuntirib o‘tdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Mirobod tumani  IIO FMB 2-sonli IIB XPB VE va YoO‘NPTEG inspektori, mayor X.Ermatovga berdi. U o‘z nutqida talabalarni yurtimizda hukm surayotgan tinchlik, barqarorlik, osoyishtalikni qadriga yetishni, bugungi kunda yoshlarimizga yaratib berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda vatanimizning rivojiga katta xissa qo‘shish lozimligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

88888

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: