• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan beshta tashabbus ijrosi yuzasidan Toshkent davlat sharqshunoslik institutida davra suhbati oʼtkazildi.

07.06.2019, 18:24 Yangiliklar 5881

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan taʼlim va ilm-fan sohasi vakillari bilan oʼtkazilgan uchrashuv hamda unda ilgari surilgan beshta tashabbus ijrosi yuzasidan Toshkent davlat sharqshunoslik institutida davra suhbati oʼtkazildi. Tadbirda institut rektori А. Mannonov professor-oʼqituvchilar hamda tadqiqotchilarga boʼlib oʼtgan ushrashuv natijalari va mazkur besh tashabbus ijrosi doirasida bajarilishi zarur boʼlgan vazifalarni belgilab berdi.
Institut rektori ushrashuvda Prezidentimiz taʼlim va ilm boʼyicha chuqur tahlilga asoslangan, yurtimiz, vatanimiz taraqqiyotida ilm-fan, taʼlimning bugungi va istiqboldagi masalalarini batafsil tanqidiy tahlil qilib bergani, kadrlar yetishtirish tizimini jiddiy optimallashtirish, koʼr-koʼronalikdan qochish, real iqtisodiyot talablaridan kelib chiqib malakali kadrlar yetishtirish masalasiga alohida urgʼu berganini alohida taʼkidladi.
“Ustoz-shogird” anʼanasini davom ettirish, qolaversa, kengaytirish masalasi ham bugungi kunda dolzabr boʼlib turibdi. Ustoz oʼz bilimlarini qancha koʼp shogirdlarga yetkazsa, bilim olish usullarini, mashaqqatli, ammo savobli yoʼllarini, ilm ummonidagi durlarni terib olishni oʼrgata olsa, odob-axloq tomondan ham oʼrnak boʼla olsa, kelajak avloddan kutilgan natijalarni olishimiz mumkin. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va Qarorlarida qoʼyilgan topshiriqlaridan kelib chiqib, institutning yangi taraqqiyot bosqichi belgilandi va bu, oʼz navbatida, dunyo talablariga javob bera oladigan yangi avlod sharqshunos-kadrlarni tayyorlash masalasini kun tartibiga qoʼydi. Rivojlanib borayotgan Sharq dunyosi va jamiyatning globallashuvi bizdan taʼlim tizimini tinimsiz yangilab borish, taraqqiy ettirish hamda taʼlimning “nimaga va qanday oʼrgatish kerak?” degan azaliy masalasiga yangicha yondashishni talab etmoqda”, – deb qayd etdi institut rektori.
Аxborot texnologiyalari rivojlanayotgan bir paytda yetuk professor-oʼqituvchilarning darslarini naqafat auditoriyada yigʼilgan tinglovchilar, balki dunyoning istalgan nuqtasidan turib ham kuzatish, ular bilan muloqot oʼrnatish va fikr almashish maqsadida online darslarni izchillik bilan rivojlantirilayotganligi, qolaversa, institutda olib borilayotgan hamkorliklar, qoʼshma dasturlar yaqin kelajakda yangi avlod sharqshunos kadrlarning yetishib chiqishi va bu oʼz navbatida, institutning katta yutuqlari boʼlishi institut rektorining nutqlarida oʼz aksini topdi.
Hozirda davlat rahbarining koʼrsatmalari asosida institut rektori boshchiligida yetuk professor-oʼqituvchilar bilan hamkorlikda TDShI barcha taʼlim sohalari boʼyicha rivojlanishining 2030-yilgacha boʼlgan zamonaviy, xorijiy tajribalarni hisobga olgan kontseptsiyasi va yoʼl xaritasi har bir dekanat, kafedra, umuman institut kesimida ishlab chiqilmoqda.

 

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: