• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Muhammadrizo Ogahiy haqida hujjatli film olinadi

23.01.2021, 18:31 Yangiliklar 1263

2020-yil 20-mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi “Adiblar hiyoboni”ga tashrifi chog‘ida, adiblar hayoti va ijodini targ‘iboti haqida mutassadi tashkilotlarga vazifalar bergandilar. Jumladan, Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Muhammadrizo Ogahiyning hayoti va ijodini tadqiq qilish belgilangan bo‘lib, bu bo‘yicha olib borayotgan ishlarimiz haqida jamoatchilikni xabardor qilib kelmoqdamiz.
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida 2020-yil 6-iyulda Xalqaro Ogahiyshunoslar kengashining ta’sis majlisida bir qancha masalalar muhokama qilindi. Shulardan biri, “O‘zbekkino” Milliy agentligi va TDSHU hamkorligida Ogahiy haqida hujjatli fil’m tayyorlash bo‘yicha loyiha kun tartibiga qo‘yildi. 14-yanvar kuni “O‘zbekkino” Milliy agentligi rahbariyati bilan bo‘ilb o‘tgan suhbatda TDSHU rektori G.Rixsiyeva masala yuzasidan o‘z takliflarini berdi.
“Ogahiy” hujjatli filmi bo’yicha ishchi guruh shakllantirildi. Filmga ilmiy maslahatchi qilib sharqshunos olim Nuryog‘di Toshov tayinlandi. Filmning dastlabki ssenariysi ishchi guruh tomonidan muhokama qilindi.
Xalqaro Ogahiyshunoslar kengashi ilmiy kotibi
Hilola Nazirova

photo_2021-01-22_07-01-54 photo_2021-01-22_15-38-10

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: