• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va etnologiyasi kafedrasi

 Алимова Р.Р. ALIMOVA RAHIMA RUSKULOVNA
Ilmiy darajasi va unvoni: Tarix fanlari nomzodi, dotsent
Lavozimi: Kafedra mudiri
Qabul vaqtlari: Har kuni (14:00-16:00)
Tel.: +99890 806 11 66
E-mail:  r.alimova@gmail.ru

Kafedra tarixi

1991-yilda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tashkil topishi bilan bir paytda uning tarkibida Markaziy Osiyo xalqlari tarixi kafedrasi ham tuzilgan. Mazkur kafedra nomi 2017 yildan Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va manbashunosligi, 2020 yildan Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va etnologiyasi kafedrasiga oz‘gartirildi. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan O‘zbekiston uzluksiz ta’limning Davlat ta’lim standartlari (Oliy ta’limning DTS)ga muvofiq “5220200 – Tarix (mamalakatlar va mintaqalar bo‘yicha) yo‘nalishiga muvofiq bakalavrning tayyorgarlik darajasi va zaruriy bilimlar mazmuniga qo‘yiladigan talablar” va “5220200 (Hozir-5120300) – Tarix (Markaziy Osiyo mamlakatlari boyicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi negizidagi 5A220204 (Hozir 5A120304 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari (Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha) raqamli mutaxassislik bo‘yicha magistrlarning tayyorgarlik darajasi va zaruriy bilimlar mazmuniga qo‘yiladigan umumiy talablar” asosida Markaziy Osiyo xalqlari va mintaqaning umumiy tarixi, davlatchilik tarixi, tarixiy geografiyasi, tarixiy manbashunoslik va tarixshunoslik, diniy dunyoqarash tizimlari, ijtimoiy – siyosiy rivojlanish bosqichlari, moddiy va ma’naviy madaniyati, etnik-ijtimoiy va etno-madaniy munosabatlar bo‘yicha o‘quv fanlari o‘qitiladi. Shuningdek, kafedra qoshida tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqotlar metodi va metodologiyasi muammolariga tegishli fanlar bo‘yicha magistratura ta’lim bosqichi tashkil etilgan. O‘tgan yillar davomida kafedrani quyidagi mutaxassislar boshqarib kelgan:

  • 1991 – 1998 yillarda  t.f.d., prof. G‘. Ahmadjonov
  • 1998 – 2012 yillarda t.f.d., prof. M.M.Is’hoqov
  • 2012 – 2013 yillarda  t.f.n. Sh.Saidov
  • 2013 – 2014 yillarda t.f.n. X.T. Fayziev
  • 2014 – 2015 yillarda t.f.n. R.R. Alimova
  • 2015 – 2017 yillarda t.f.n. I.M.Haydarov
  • 2017-yildan t.f.n. R.R. Alimova rahbarlik qilmoqda

1998-yilga qadar “O‘zbekiston tarixi” fanini o‘qitish, kafedra faoliyatida yetakchi o‘rin tutib kelgan. 1998-2019 yillar mobaynida Markaziy Osiyo tarixiy-geografik mintaqasi doirasini o‘qitish yo‘lga qo‘yildi, fanlar takomillashtirildi. Chunonchi, Sharqiy Turkiston, Tibet, Oltoy-Yettisuv, Dashti Qipchoq tarixlarini o‘qitish joriy qilindi.

Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va etnologiyasi kafedrasi Markaziy Osiyo davlatlarining oliy o‘quv yurtlari ichida, maqsad va vazifalariga ko‘ra, yagona hisoblanadi. Talabalar asosiy Sharq tillari, G‘arb tillaridan birini bilish asosida tarixiy manbashunoslik va tarixshunoslik ixtisosligiga ega bo‘ladilar.

Kafedrada quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida talabalarga tahsil beriladi.

  • 5 120300 – Tarix (Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi

Kafedra quyidagi magistratura mutaxassisligi talabalarga tahsil beriladi.

  •  5A 120304  Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari (Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha)

Kafedrada bakalavriat va magistratura mutaxassisligi talabalariga quyidagi fanlar o‘qitiladi.

Bakalavriat yo‘nalishi:

  1. O‘zbekiston tarixi
  2. Arxivshunoslik
  3. Sharq allomalarning ilmiy merosi (tanlov fan)
  4. Markaziy Osiyo xalqlari tarixi
  5. Markaziy Osiyo xalqlari etnologiyasi
  6. Markaziy Osiyo tarixiy geografiyasi
  7. Yordamchi tarixiy fanlar
  8. Tarixiy manbalarni o‘qish va talqin etish
  9. Markaziy Osiyo va jahon sivilizatsiyasi
  10. Markaziy Osiyo yozuv madaniyati tarixi
  11. Tarix fanini o‘qitishning zamonaviy usullari
  12. Markaziy Osiyo diplomatiyasi tarixi (tanlov fan)
  13. Markaziy Osiyo xalqlari manbashunosligi va tarixshunosligi
  14. Mutaxassislikka kirish (tanlov fan)
  15. Markaziy Osiyo madaniyati tarixi (tanlov fan)
  16. Markaziy Osiyoda ijtimoyi-siyosiy ta’limotlar tarixi (tanlov fan)
  17. Buyuk ipak yo‘li: tarix va hozirgi zamon (tanlov fan)
  18. Markaziy Osiyoda ijtimoiy-siyosiy ta’limotlar tarixi (tanlov fan)
  19. Tarixiy toponimiya (tanlov fan)

Magistratura mutaxassisligi:

  1. Mutaxassislikning nazariy masalalari
  2. Tarixiy tadqiqotlar metodologiyasi va zamonaviy usullari
  3. Manbashunoslik amaliyoti
  4. Markaziy Osiyo zamonaviy tarixshunosligi konsepsiyalari
  5. Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi
  6. Markaziy Osiyoda nomad madaniyati genezisi va taraqqiyoti (tanlov fan)
  7. Tarix falsafasi (tanlov fan)
  8. Qo‘lyozmalarni o‘qish va tahlil qilish tamoyillari (tanlov fan)
  9. Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyalari tizimida (tanlov fan)

Kafedra professor-o‘qituvchilari  haqida ma’lumot:

  1. Doniyorov Alisher Xudoyberdiyevich – tarix fanlari doktori, professor – doniyorov_alisher@mail.ru
  2. Is’hoqov Mirsodiq Mirsultonovich – tarix fanlari doktori, professor – mirsadiq@mail.ru
  3. Alimova Raxima Ruskulovna – tarix fanlari nomzodi – r.alimova@gmail.ru
  4. Xaydarov Izzatilla Maxmutalievich – izzatillakhon@gmail.com
  5. Madraimov Askariy Abdumajidovich – askari.madraimov@bk.ru
  6. Odilov Bobir Axmadjon o‘g‘li – odilov1984@bk.ru
  7. Saidov Shavkat Jumaboevich – shavkatsaidov63@gmail.com
  8. Fayziev Xurshid Turgunovich – tarix fanlari nomzodi – xurshid.fayziyev.77@mail.ru
  9. Lutfullayev Hamidullo – tarix fanlari nomzodi – lutfullayevhamidulloh@gmail.com
  10. Yakubov Qahramon Karimdjanovich – 14amail.ru
  11. Bekmuradov Sandjar Tursunmamatovich – o‘qituvchi – stb.com@mail.ru
  12. Xudaynazarov Iso Baysoatovich – o‘qituvchi – isobek@inbox.ru
  13. Xudoyberdiyev Ravshan – o’qituvchi – hravshan@rambler.ru
  14. Abirov Valisher Elmuradovich – o‘qituvchi – valisher_abirov@list.ru
  15. Dedamirzaev Javoxir Yodgorjon o’g’li – dedamirzayevjavoxir@gmail.ru
  16. Alimov Zuxriddin Isamutdinovich – alimov_zuhriddin@gmail.com

Kafedraning hamkor tashkilotlari

  1. O‘z R VM huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi
  2. O‘zFA Abu Rayxon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti
  3. O‘zR FA Tarix instituti
  4. O‘zR FA San’atshunoslik instituti
  5. O‘zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyi
  6. O‘zR FA O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi
  7. O‘zbekiston Milliy arxivi
  8. 328-umumta’lim maktabi
  9. TDSHI Yunusobod akademik litseyi

Kafedra professor-o‘qituvchilarining nashrlari

  1. Alimova R.R.
  1. Alimova R.R. Markaziy Osiyo xalqlari tarixi (So’nggi o’rta asrlarda O’rta Osiyo xonliklarining tashqi iqtisodiy aloqalari). O’quv qo’llanma. Toshkent. 2009.
  2. Alimova R.R. Rossiya mustamlakachiligi Turkiston mahalliy manbalarida. O’quv qo’llanma. Toshkent. 2009.
  3. Alimova R.R. Markaziy Osiyoda Dashti Qipchoq. Toshkent. 2011.
  4. Alimova R.R. Markaziy Osiyo davlatlari mustaqillik davrida. Toshkent. 2011.
  5. Alimova R.R. Markaziy Osiyo zalqlari tarixi (o‘rta asrlar). Ўқув қўлланма. – Т.: ТошДШИ, 2013.
  6. Alimova R.R. O’rta Osiyo xokliklarining qo’shni davlatlar bilan diplomatik va savdo-iqtisodiy munosabatlari (XVI-XX asr boshlari rus tarixshunosligi va manbalari asosida). Monografiya. 2017.
  7. Alimova R.R. Is’hoqov M.M., Alimova R.R. Arxivshinoslik. O’quv qo’llanma. Toshkent. 2017.
  1. Is’hoqov M.M.  
1.Is’hoqov M.M. Glagol v sogdiyskom yazike. Tashkent.Fan, 1977. – 239 s.
2. Is’hoqov M.M., Suleymanov R. Древний Самарканд. Tashkent. Fan, 1980.
3. Is’hoqov M.M. Sug’d yozuvining shakllanishi va taraqqiyoti. Jamoaviy monografiya. Ishoqov M., Sodiqov Q., To’qliev B., Rahmonov N. O’lmas obidalar. Toshkent. Fan, 1989. – B. 3-146.
4. Is’hoqov M.M., Otaxo’jaev M. Sug’dllarning buddaviy falsafiy-axloqiy yozma merosidan. Jamoaviy monografiya: Qadimgi yozma yodgorliklar. Toshkent. Yozuvchi, 2000. – B. 33-116.
5. Is’hoqov M.M. Sug’diyona tarix chorrahasida. Tokent. Fan, 1990.
6. Is’hoqov M.M. Unutilggan podsholikdan xatlar. Toshkent. Fan, 1992.
7. Avesto.Yasht kitobi. Mirsodiq Is’hoqov tarjimasi. Toshkent. Sharq, 2001. – 126 b.
8. Avesta. Videvdot kitobi. Mirsodiq Is’hoqov tarjimasi. Toshkent. ToshDShI. – 2007. – 100 b.
9. Is’hoqov M.M. Центральная Азия в системе мировой письменной культуры. Древность и раннее средневековье. Ташкен. УМЭД, 2008. – 453 с.
10. Is’hoqov M.M., Sodiqov Q., Omonov Q. Ko’hna bitiklar. Toshkent. TDShI. – 2010.
11. Is’hoqov M.M., Alimova R.R. Arxivshinoslik. O’quv qo’llanma. – Toshkent. 2017.
12. Is’hoqov M.M. Xudoynazarov I. Yordamchi tarixiy fanlar. – T., 2019.
  1. Doniyorov A.X.

1.Doniyorov A.X. Этнографические исследование в Узбекистане в ХХ веке. Учебное Пособие. – Т.: Янги аср авлоди, 2005.

  1. Doniyorov A.X. O’zbekiston etnografiyasi tarixshunosligi ocherki (XIX asr 30-yillari). O’quv qo’llanma. – T.: TDShI. 2005.
  2. Doniyorov A.X. Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi O’zbekiston etnografiyasi fanida. O’quv qo’llanma. – T.: TDShI. 2007.
  3. Doniyorov A.X. Markaziy Osiyo xalqlari etnografiyasi, etnogenezi va etnik tarixi. O’quv qo’llanma. – T.: TDShI. 2009.
  4. Doniyorov A.X. Markaziy Osiyo xalqlari etnografiyasi, etnogenezi va etnik tarixi fanidan ta’lim texnologiyasi. O’quv qo’llanma. – T.: Yangi nashr. 2010.
  5. Doniyorov A.X. Markaziy Osiyo xalqlari tarixi. O’quv-uslubiy majmua. – T.: TDShI. 2011.
  6. Doniyorov A.X. Sivilizatsiyalar tarixi fanidan o’quv uslubiy majmua. – T.: TDShI. 2013.
  7. Doniyorov A.X. Markaziy Osiyo xalqlari etnografiyasi, etnogenezi va etnik tarixi. O’quv qo’llanma. – T.: TDShI. 2014.
  1. Bekmuradov S.T.
  2. Etnodemografiya / O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: “TDSHI”, 2019.
  3. O‘zbekiston tarixi fanidan seminar mashg‘ulotlarini interaktiv metodlar asosida olib borish. / O‘quv-uslubiy qo‘llanma. – Toshkent: “TDSHI”, 2019.
  4. Abirov V.E.
  5. O‘zbek xalqi etnogeneziga doir konsepsiyalar tahlili / O‘quv-uslubiy qo‘llanma. – Т.: «TDSHI», 2019.
  6. Tarixiy toponimiya / O‘quv qo‘llanma. – Т.: «TDSHI», 2019.
  7. Haydarov I.M.
  8. O’zbekistonda iqtisodiy kengashlar faoliyati (1917-1943 yillar). Uslubiy qo‘llanma. – T.: “Gold print nashr”, 2019.
  9. O’zbekiston sanoatining Sovet Ittifoqi Yaona xalq xo‘jaligi kompleksidagi o‘rni (1945-1991 yillar). T. 2019.
  1. Saidov Sh.J.
  2. Jaloliddin Manguberdi. – T., 2000.
  3. Xiva xonligining ag’darilishi: yangi qarash. – T., 2006.
  4. Xorazmshohlar Anushteginiylar davlatining yuksalishi va halokati. – T., 2008.
  5. XXSR ning tashqi munosabatlari va savdo aloqalari (1917-1924 yy).
  6. XIX-XX asrning birinchi choragidagi Xorazm – Rossiya munosabatlari. Monografiya. – T., 2019.
  1. Xudoynazarov I.
  2. Is’hoqov M.M. Xudoynazarov I. Yordamchi tarixiy fanlar. T., 2019.

Kafedraning ilmiy yo‘nalishi

  •  “Markaziy Osiyo xalqlari tarixi, tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari”:
  • O’zbekiston etnologiyasi tarixshunosligi
  •  O’rta Osiyo xonliklarining Sharq mamlakatlari bilan siyosiy, iqtisodiy, madaniy aloqalari tarixshunosligi
  • O’zbek davlatchiligi tarixida Chig’atoy ulusi (1224-1365 yy.): davlat boshqaruvi (XIII-XV asrlarning arab va fors manbalari asosida)
  • O’zbekiston sanoatining Sovet Ittifoqi yagona xalq xo’jaligi kompleksidagi o’rni (1945-1991  yy.)

Kafedra talabalari soni –189 ta.

A). Bakalavr bosqichidagi talabalar: 167 ta

  1. 1-bosqich talabalari soni – 66 ta
  2. 2-bosqich talabalari soni – 30 ta
  3. 3-bosqich talabalari soni – 39 ta
  4. 4-bosqich talabalari soni – 32 ta

B). Magistratura bosqichidagi talabalar: 22 ta

  1. 1-bosqich magistrantlari soni – 12 ta
  2. 2-bosqich magistrantlari soni – 10 ta

Kafedra hayotidan fotolavhalar

 

haydarov

haydarov1

haydarov44

haydrov2

11.07.2020, 00:21 8953

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: