• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Isroillik professorning Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga tashrifi

12.04.2018, 18:02 Yangiliklar 3212

Bugungi kunda respublikamizda oliy ta’lim tizimini innovasion rivojlantirish masalasiga katta e’tibor berilmoqda. Bu doirada xorijiy mamlakatlar tajribalarini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli hamda 2017-yil iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  PQ-3151-sonli qarorlarida ham oliy ta’lim muassasalariga dunyoning yetakchi universitetlari professor-o‘qituvchilarini ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishga taklif qilish hamda ular bilan o‘zaro tajriba almashish orqali mamlakatimizdagi oliy ta’lim tizimini rivojlantirish masalariga katta e’tibor berilgan.

Toshkent davlat sharqshunoslik institutida ushbu yo‘nalishdagi vazifalarni bajarish borasida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlari doirasida joriy yil 2-10-aprel kunlari Isroilning Quddus universiteti professori V.I.Mesamedning sharq filologiyasi va jahon siyosati sohalari bo‘yicha mutaxassis kadr sifatida tayyorlanayotgan bakalavr va magistr talabalar uchun darslaritashkil etildi.

V.I.Mesamed 1994-yildan buyon Quddus universitetiprofessori sifatida ishlashi bilan bir qatorda, sharq filologiyasi, xususan, eronshunoslik hamda Yaqin va O‘rta Sharq mintaqasidagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar va konfessiyalararo munosabatlar bo‘yicha yetakchi ekspert hisoblanadi.

V.Mesamed 2015-2016-yillarda O‘zbekiston Respublikasida o‘tkazilgan muhim siyosiy tadbirlarda xalqaro kuzatuvchi sifatida bir necha bor ishtirok etgan.

V.I.Mesamedning yuksak ilmiy salohiyati mahsuli bo‘lgan ilmiy risolalari, monografiyalariva 500ga yaqin ilmiy maqolalari bugungi kunda jahonning keng ilmiy jamoasiga, internet resurslari orqali foydalanuvchilar e’tiboriga havola etilgan. Rossiya Federatsiyasining Isroil va Yaqin Sharq tadqiqotlari institutida ekspert bo‘lib ishlab kelayotgan olim so‘nggi 10-12 yil ichida Isroil, Rossiya, Shvesiya, Germaniya, AQSh, Kanada, Qozog‘istonda sharqshunoslikning turli masalalari tadqiqiga bag‘ishlangan 150 dan ziyod maqola nashr ettirgan.

V.Mesamed Toshkent davlat sharqshunoslik institutida 10 kun bo‘lishi davomida professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va talabalarga Isroil oliy ta’lim tizimida keng qo‘llaniladigan innovasion o‘qitish uslublari, xorijiy davlatlarda ta’lim tizimining tashkil etilishi, shuningdek, Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlaridagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar borasida ma’ruzalar o‘qidi.

TDSHI professor-o‘qituvchilari bilan uchrashgan olim  V.I.Mesamed oliy ta’lim tizimidagi innovasion o‘qitish uslublari,ularning sifati va samaradorligi, o‘ziga xos jihatlari, erishilayotgan yutuq va bu yo‘lda duch kelinayotgan muammolar, ularning yechimi xususida o‘zining ilmiy-nazariy qarashlari bilan fikr almashdi. Shuningdek, Isroildagi zamonaviy ta’lim tizimining o‘ziga xosliklari, mamlakatda fors tilini o‘qitishdagi amaliy-innovasion yondashuvlar xususida so‘zlab, o‘zining tahliliy fikrlarini bayon qildi. Isroilning mintaqaviy siyosati, Eron va Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekiston bilan o‘zaro munosabatlari haqidagi ma’ruzalari tinglovchilarning alohida diqqat-e’tiborini jalb etdi.

Shuningdek, isroillik professor o‘z ma’ruzasida tilshunoslik sohasidagi yangiliklar, fors tiliga xorijdan o‘zlashib borayotgan neologizmlar, fan-texnikaga oid terminlar, Tehrondagi Fors tili va adabiyoti akademiyasining bunday jarayonlarga munosabati, umuman, dunyo tilshunosligi, baynalminal terminologiya oldida turgan ilmiy-nazariy muammolar va ularning yechimlari borasida ham o‘z fikrlarini bildirdi.

Shu bilan birga, O‘rta Sharq mintaqasi mamlakatlarining mintaqaviy va xalqaro masalalar bo‘yicha mavqelari hamda yondashuvlari, Markaziy Osiyo respublikalarining mazkur mintaqa davlatlari bilan aloqalarining hozirgi holati va istiqbollari borasidagi ma’ruzalari jahon siyosati bo‘yicha mutaxassis bo‘lib tayyorlanayotgan talabalar tomonidan sezilarli qiziqish bilan qarshilandi.

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: