• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Inson qadri − ulug‘, xotira − muqaddas!

08.05.2019, 16:34 Yangiliklar 6197

Bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarimizning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish − bizga tinchlik, omonlik kerak, deb yashaydigan bag‘rikeng xalqimizga xos azaliy qadriyat. 9-may “Xotira va qadrlash kuni“ni keng nishonlash, o‘sib kelayotgan yoshlarga Vatanimiz mustaqilligi uchun jonini, kuch-quvvatini ayamagan har bir faxriy, har bir kishi xotirasini abadiylashtirish, ularga munosib hurmat ko‘rsatish maqsadida yurtimizning turli go‘shalarida tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Shu munosabat bilan 2019-yil 7-may kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida “Inson qadri − ulug‘, xotira − muqaddas” nomli tadbir o‘tkazildi. Tadbirda institut rektori professor A. Mannonov so‘zga chiqib, urush yillaridagi og‘ir paytlarni eslab, bugungi tinchlik, osudalik, to‘kin-sochinliklarga shukrona keltirish kerakligini aytib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy orkestri, “Vatanparvar fidoyilar” ijodiy guruhi rahbari, iste’fodagi mayor Alisher Hamroyev, institutimizning professor-o‘qituvchilari hamda iqtidorli talabalari ishtirok etdi. Harbiylarning tadbirga tashrif buyurgani talaba yoshlarga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishladi. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy orkestri jonli ijrodagi navolari bilan tadbir ishtirokchilarini xushnud etgan bo‘lsa, institutning iqtidorli talabalari ishtirokidagi sahna ko‘rinish urush yillarini yodga solib, o‘tirganlarni o‘yga toldirdi. Alisher Hamroyevning vatanparvarlik haqidagi jo‘shqin ashulalari barchaga iliq tuyg‘ularni ulashdi. Talabalar ham bunga munosib ravishda gulduros qarsaklar bilan javob qaytarishdi. Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tdi.photo_2019-05-08_16-28-49 photo_2019-05-08_16-28-34 photo_2019-05-08_16-28-47 photo_2019-05-08_16-28-03 photo_2019-05-08_16-28-08 photo_2019-05-08_16-28-24 photo_2019-05-08_16-28-14 photo_2019-05-08_16-28-41

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: