• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

DINIY EKSTREMIZM, TERRORIZM VA UNING SALBIY OQIBATLARI

30.11.2017, 09:36 Yangiliklar 4113

Toshkent davlat sharqshunoslik insituti Xitoyshunoslik fakultetida “Diniy ekstremizm, terrorizm va uning salbiy oqibatlari” mavzusida soha mutaxassislari bilan talaba-yoshlar o‘rtasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Dj.Shabanov, Mirobod tuman Ichki ishlar boshqarmasi terrorizmga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Muhammad Mirzaev, Mirobod tuman “Qo‘yliq-ota” masjidi imom xatibi Yo‘ldoshali Karimov, Xitoyshunoslik fakulteti dekani S.Xashimova, fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari I.Xudoynazarov, fakultet Yoshlar yetakchisi M.Shamsiddinov, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat barqarorligini ba’zi chet el davlatlardagi diniy ekstremistik kuchlarning xusumatidan, o‘zimizdan migrant sifatida chiqib ketib, sotqinlik tufayli ona yurtiga qayta olmayotgan xoinlardan asrab avaylash, tinchlik uchun kurashish asosiy masala ekanligi haqida so‘z yuritildi.

Talaba-yoshlarga terrorizm va terorchilik hatti-harakatlarining g‘arazli maqsadlari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi va ularga nisbatan nafrat tuyg‘usi kuchaytirildi. Uchrshuv so‘nggida talabalar bilan mavzusi doirasida savol javob qilindi.

So‘ng terrorchilik harakatlarining vayronakor oqibatlari hamda yurtimizdan ketib terrorchilar qatoriga qo‘shilib qolgan yoshlar aks ettirilgan “Qiyomatga qolgan qarz” nomli videofilm namoyish etildi.

photo_2017-11-30_09-33-52 photo_2017-11-30_09-35-13 photo_2017-11-30_09-35-19

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: