• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Alisher Navoiy asarlari dunyo olimlari nigohida” mavzusida davra suhbati o’tkazildi

08.02.2019, 11:55 Yangiliklar 3054

Buyuk bobokalonimiz, ga’zal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 578 yilligi mamlakatimiz bo’ylab keng nishonlamoqda. Shu munosabat bilan 2019-yilning 7-fevral kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida “Alisher Navoiy asarlari dunyo olimlari nigohida” mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Tadbirda TDSHI rektori. prof. Abdurahim Mannonov,  Hindistonning Javohirla’l Neru nomidagi universiteti professori Axloqi Ahmad, Tojikiston milliy universiteti professori, f.f.d. Maqsudov Badriddin, Xo’jand davlat universiteti professori, f.f.d. Abduqodir Abdusalom, TDSHI professorlari Ahmadqul Quronbekov, Muhammad Imomnazarov, Boqijon To’xliyev hamda institut o’qituvchilari, talabalari ishtirok etishdi.

Tadbirni TDSHI rektori, professor A.Mannonov “Alisher Navoiy asarlarining Afg’onistonda o’rganilishi” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ochib berdi. Shundan so’ng, tadbir ishtirokchilari “Navoiyning Hindistondagi zamondoshlari”, “Sharq qo’lyozmalari nusxalari va ularning o’rganishning ahamiyati”, “Navoiy qayerda tug’ilgan?”, “Alisher Navoiyning “Xamsa” asarida ilohiy va ijtimoiy hodisalarni so’z bilan ifodalash usullari”, “Navoiy va Xoqoniy”, “Navoiy g’azallarining nafosati” mavzusidagi ma’ruzalar bilan chiqish qildilar.

Davra suhbati davomida g’azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiyning adabiy me’rosi va uning bugungi kundagi ahamiyati, uning me’rosini yanada chuqur o’rganishning dolzarbligi va zaruriyati haqida fikr yuritildi.

IMG_3365IMG_3386

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: