• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

2018-yilning 2-aprelidan 30-mayga qadar “Toshkent davlat sharqshunoslik institutining eng yaxshi pedagogi” tanlovi o‘tkaziladi

10.04.2018, 17:42 Tanlov 2928

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 26-martdagi 266-sonli buyrug‘i hamda 01-178-sonli institut rektori buyrug‘iga muvofiq, 2018-yilning 2-aprelidan 30-mayiga qadar “Toshkent davlat sharqshunoslik institutining eng yaxshi pedagogi” tanlovining institut bosqichi o‘tkaziladi.

Tanlovda Gumanitar fanlar” vaIqtisod” ta’lim sohalari bo‘yicha “Mutaxassisligi bo‘yicha eng yaxshi pedagog”, “Eng yaxshi pedagog tadqiqotchi”, “Innovatsiya va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi pedagog” nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi.

Mazkur tanlovning institut bosqichi g‘oliblari 2018 yil 1-iyundan 10-oktyabrga qadar bo‘lib o‘tadigan respublika bosqichida ishtirok etadilar.

Kamida 3 yil to‘liq stavka asosida faoliyat yuritayotgan, yoshi, ilmiy darajasi va unvonidan qat’iy nazar bakalavriat va magistratura ta’lim dasturlari bo‘yicha kurslardan birida mashg‘ulotlar olib borayotgan professor-o‘qituvchilardan 2018-yil 5-apreldan 15-aprelgacha tegishli ta’lim sohalari va nominatsiyalar bo‘yicha ariza va hujjatlar qabul qilinadi.

  • 2018yilning 16aprelidan 20aprelgacha tanlovning kafedra bosqichi g‘oliblari aniqlanib, fakultet bosqichiga hujjatlar taqdim etiladi.
  • 2018-yilning 20-apreldan 25-aprelgacha fakultet bosqichi tanlov komissiyasi tomonidan ishtirokchilar hujjatlari tahlili o‘tkaziladi.
  • 2018yilning 20-aprelidan 15maygacha fakultet bosqichi ishtirokchilarining ochiq mashg‘ulotlari tashkil etiladi. Unda ishtirokchilarning ishlari baholanib, birinchi o‘rin sohiblari aniqlanadi.
  • 2018yilning 26mayidan 30maygacha tanlovning nominatsiyalari bo‘yicha oliy ta’lim muassasasi bosqichi g‘oliblari aniqlanadi.
  • 2018-yilning 30-mayida tanlov nominatsiyalari bo‘yicha institut bosqichi g‘oliblariga respublika bosqichida ishtirok etish uchun tavsiyanomalar beriladi hamda ularni tantanali taqdirlash tadbiri o‘

Tanlovda ishtirok etish istagi bo‘lgan pedagog kadrlardan Nizomga ko‘ra quyida ko‘rsatilgan tartibdagi hujjatlar qabul qilinadi:

  1. Oliy ta’lim muassasasi kafedra mudirining taqdimnomasi;
  2. Pedagogik konsepsiyasi tavsifi (elektron diskda);
  3. O‘quv-uslubiy, ilmiy-uslubiy materiallari yoki ijodiy ishlari, ularga tashqi taqrizlar bilan birga;
  4. Turli tanlovlarda faxriy yorliqlar va diplomlar bilan taqdirlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  5. Grantlar asosidagi faoliyatda qatnashganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  6. Konferensiyalardagi ishtiroki haqidagi ma’lumot;
  7. Xalqaro loyihalar va dasturlardagi ishtiroki to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  8. Malaka oshirish, kadrlarni qayta tayyorlash kurslaridan o‘tganlik to‘g‘risidagi sertifikatlarning nusxalari.

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: