• UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

169-maktabda mahorat darslari

27.09.2019, 11:50 Yangiliklar 2296

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 29 avgustdagi “Talaba va o‘quvchi-yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash va ularda vatanparvarlik hissini kamol toptirish masalalari to‘g‘risida”gi 2/1-son Hay’at qarori ijrosini ta’milash maqsadida, 27 sentabr kuni Eron-afg‘on filologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi N. Nuriddinov Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 169-maktabda “Xorijiy tillarni o‘rganish – davr talabi” mavzusida davra suhbati o‘tkazdi. Unda 169-maktabning 5, 7, 8, 10 va 11-sinf o‘quvchilari ishtirok etishdi. Suhbat davomida o‘quvchilarning chet tillarini o‘rganish usullari, Oliy o‘quv yurtlariga imtihon topshiriladigan fanlar va shu kabi ko’plab savollariga javob berildi. Tadbir davomida maktab o‘quvchilari ingliz va rus tilida yod olgan she’rlarini o‘qib berishdi. Tadbir yakunida  maktab kutubxonasiga TDShI Eron-afg‘on filologiyasi kafedrasi nomidan kitoblar sovg‘a qilindi.

photo_2019-10-11_11-51-10 photo_2019-10-11_11-51-08 photo_2019-10-11_11-51-06 photo_2019-10-11_11-51-03 photo_2019-10-11_11-51-13

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: